Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.56K subscribers
39.8K photos
3.14K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hurmatli fuqarolar!


📣Joriy yil 10-iyun sanasidan boshlab yangi “Mening bogʻim” loyihasiga start berilganligini maʼlum qilamiz.

Jarayon quyidagi 3 ta bosqichda oʻtkaziladi:

1️⃣ Taklif kiritish (10-iyundan – 20-iyungacha);

2️⃣ Saralash (20-iyundan – 23-iyungacha);

3️⃣Ovoz berish (23-iyundan – 3-iyulgacha).

Tashabbus koʻrsating, gʻolib boʻling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Йиғилишда ҳамма жойда ҳам одамлар уйларни бошқариш сифатидан рози эмаслиги қайд этилди.

Кўплаб бошқарув компаниялари фақат кўчаларни супуриш ва тозалаш, жорий таъмирлаш билан чекланаяпти. Лекин уйлар атрофини ободонлаштириш, том, ички ва суғориш тармоқларини соз ҳолда сақлаб туриш каби асосий вазифалар эътибордан четда қолиб кетмоқда.

Яқинда бошқарув компаниялари хизмати учун тарифнинг энг кам миқдори белгиланди. Энди бошқарув ва эксплуатация сифати ҳам шунга яраша бўлиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Бошқарув компаниялари аҳоли ва коммунал ташкилот ўртасида “кўприк” бўлиши кераклиги қайд этилди. Бундан буён икки йилдан ошмаган уйларда, яъни кафолат муддатида муаммо чиқса, пудратчи билан бирга уларни бартараф қилишга масъул бўлиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
Уй-жой коммунал соҳа мутасаддиларига “аҳоли – бошқарув компанияси – коммунал ташкилот ва пудратчи” занжирини яратиш топширилди.

Кўп қаватли уйлар сейсмо-конструкциясига ноқонуний ўзгартириш киритиш ҳолатлари кузатилаётгани, янги кўп қаватли уйларда бино чўкиши, ундаги ёриқлар, шўрланиш ва сифат бўйича аҳолидан эътирозлар бўлаётгани қайд этилди.

Масъул ташкилотларга уйлар хавфсизлиги ва инфратузилма сифати бўйича пудратчилар мажбурияти бажарилишини қатъий назоратга олиш, конструкцияни ноқонуний ўзгартириш ҳолатларини эрта аниқлаш тизимини жорий қилиш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Куз-қиш мавсумида аҳолини иссиқлик ва ичимлик суви билан кафолатли таъминлаш учун қозонхона, қозон ва иссиқлик тармоқларини яхшилаш, сув тармоқлари ва насосларни таъмирлаш вазифалари белгилаб олинди.

Умуман, куз-қиш мавсумини беталафот ўтказиш мақсадида Энергетика вазирлиги раҳбарлари ҳудудларга бириктириладиган бўлди.

Ушбу раҳбарлар жойларда ишларни ташкил қилишга ҳамда ҳар бир носозлик ва аварияларни зудлик билан бартараф этишга масъул бўлади.

Йиғилиш давомида тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

Facebook|Instagram|X
#jarayon

Ko'cha atroflarida tartibsiz ilingan reklama banerlari bartaraf etilmoqda

Xususan, Qibray tumani hokimligi mutasaddilari va mahalla xodimlari tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida tumanning markaziy ko'chalaridan biri bo'lgan, "Qoramurt" ko'chasi bo'ylab tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan tartibsiz hamda davlat tili to'g'risidagi qonunga zid ravishda ilingan reklama banerlari bartaraf
etilmoqda.

Shuningdek, bu borada tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirishlar berilmoqda
.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qibray tumani Po’lat qadam mahallasi hududidan o'tuvchi ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik (avariya) sababli, tumandagi Xo’jaqo’rg’on, Po’lat qadam, Uzumzor, Shalola va May mahallalarida ichimlik suv ta'minoti vaqtinchalik to'xtatildi. Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish bo’yicha tezkor choralar ko’rilmoqda.

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million soʻmgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Президент Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади.

Қарорга кўра, 2024 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанбага тўғри келиши муносабати билан юртимизда 16 июнь Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилади, 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни бўлади.

Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, масъул вазирлик ва идораларга муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга ошириш, юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sogʻlomlashtirish_maydonchasi

O‘quvchilarning yozgi ta'tilini maroqli o‘tkazishlari uchun maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat olib bormoqda

Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining yozgi ta'tillarini mazmunli o‘tkazish uchun 6 ta (1,6, 26,32, 33, 40) maktablarda yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etildi.

Sog'lomlashtirish maydonchalarida o'quvchilar uchun ingliz va rus tili to'garaklari bilan birga, turli sport va ijodiy to'garaklar ham yo'lga qo'yilgan
.

Ma'lumot o‘rnida, 3-iyun kunidan faoliyat boshlagan sog'lomlashtirish maydonchalariga, mavsum davomida jami 600 ga yaqin 1-9 sinf o‘quvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube