Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.73K subscribers
43.1K photos
3.44K videos
64 files
14.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#tuhfa

Ta’lim maskanining foydalanishga topshirilishi sharqlik bolajonlarga bayram tuhfasi bo’ldi

Davlat dasturi doirasida, Qibray tumani Sharq mahallasida zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to’liq qaytadan qurilib, zamonaviy ko’rinishda qad rostladi.

Bugun, 16-DMTTning ochilish marosimida ishtirok etgan, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, Soliq inspeksitasi boshlig’i Yoqubjon Artikbayev va nuroniylar hamda ota-onalar, ushbu ta’lim maskanining foydalanishga topshirilishi, so’nggi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan alohida e’tiborning namunasi ekanligini ta’kidlab, mahalla ahlini quvonchli kun bilan samimiy tabrikladilar.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida 120 nafar bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/