Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.8K photos
3.15K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#hokim_qabuli

Fuqarolar tuman hokimi qabulida bo'ldi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov hokimlik binosida fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.

Xususan, qabul davomida fuqarolarning ichki yo'llarni ta'mirlash, o'quvchilar uchun sayohatlar tashkil etish, xonadoni ta'miri uchun moddiy yordam ko'rsatish, bandlik hamda kommunal sohadagi muammolarni hal etishda amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha yo'llangan murojaatlar hokim o'rinbosarlari ishtirokida muhokama qilinib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilanib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, yakka tartibdagi tadbirkor istalgan vaqtda faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va tiklash bo'yicha ro'yxatdan o'tkazuvchi organga murojaat qilishi mumkin.

📝Bunda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish bo'yicha belgilangan shakldagi ariza to'ldirishi lozim.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat

Mahallalardagi hokim yordamchilari aholi daromadini oshirishda ko'makchi bo'lmoqda

Xususan, Qibray tumanidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tomonidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash, o'zini-o'zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishi kabi ko'plab masalalarda ko'makdosh bo'lib, ularning tavsiyalariga ko'ra, ko'plab fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

Jumladan, Po'lat qadam mahalla hokim yordamchisi O'tkir Abdullayev tavsiyasi bilan "Har-bir oila tadbirkor" dasturi doirasida ko'plab oilalarning og'iri yengil bo'lmoqda.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning shu kuniga qadar, tumandagi 68ta hokim yordamchilari tavsiyasiga ko'ra, "Har-bir oila tadbirkor" dasturi doirasida 194 nafar oilaga
2 mlrd 682 mln so'm imtiyozli kreditlar ajratildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

Xotira bor ekan – millat barhayot

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumandagi barcha umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.

Sana munosabati bilan tumandagi 2-DMTTda o'tkazilgan bayram tadbiri tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali lavhasida


Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatida savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 142 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 424 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 9463 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 301 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 396 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 2149 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 4 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 67 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 148 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 360 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3522 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 16 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 261 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

📹 Видео кўлланма

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#sayyor_qabul

Tuman hokimi:Mahalla raisi adolatli, jonkuyar va haqiqiy yetakchi bo’lsagina, aholi muammolariga albatta yechim topiladi.

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Yoqubjon Artikbayevlar boshchiligida 4-sektorga qarashli "GES Qodiriya" mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida aholining kommunal, ichki yo’llar ta’miri, mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishini yakunlash, tibbiyot maskanini jihozlash va boshqa sohalardagi muammolari tegishli tashkilot mutasaddilari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, aholining mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube