Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.54K subscribers
40.1K photos
3.17K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Кўксаройда Президент ҳузуридаги Хорижий инвесторлар кенгашининг иккинчи ялпи мажлиси бошланди

Президент Шавкат Мирзиёев йиғилишда жаҳоннинг етакчи компаниялари ва молия институтлари раҳбарлари бўлган яқин ҳамкорларимиз ва янги шерикларимиз иштирок этаётганидан мамнунлигини билдирди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/594953

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Энергетика соҳаси ҳар қандай давлатнинг ривожланиши учун муҳим омил ҳисобланади

Пойтахтимиздаги Халқаро конгресс марказида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми доирасидаги тадбирлар давом этмоқда.


Батафсил: https://uza.uz/posts/594959

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Бамаслаҳат, ўзаро кенгашиб, аниқ амалий қадамлар ташланса, кўзланган юксак марраларга албатта эришилади,– Президент

Кўксаройда Президент ҳузуридаги Хорижий инвесторлар кенгашининг иккинчи ялпи мажлиси бўлиб ўтмоқда.

Батафсил: https://uza.uz/posts/594967

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obod_manzillar
#МAHALLADA_BIR_KUN

Birinchi qism

MAHALLADA BIR KUN” loyihasining naabatdagi manzili Qibray tumanining "Bunyodkor" mahallasi boʻldi.

🏘Mahalla nomi ham oʻziga mos, qisqa vaqt ichida fidoyi mahalla raisi va faollar bilan  hamjihatlikda  katta bunyodkorlik ishlariga qo‘l urilibdi.

"Bunyodkor" mahallasi binosiga kirib kelishingiz bilanoq, dimogʻingizga xushboʻy gullar va rayhonlar isi uriladi.
Bu yerdagi obodlik, ozodalikni ko‘rib dilingiz yayraydi.
Маhallada 3 300dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Xonadonlar soni 680 ta bo‘lib, unda 700 dan ziyod oilalar bor.

🔎Bugungi kunga kelib mahallaning oʻz oʻquv markazi, sport maydonchasi, tantanalar majmui, hatto aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatadigan poliklinikasi ham bor ekan.

https://t.iss.one/mahallada_nima_gap
⚡️e'lon

Hurmatli fuqarolar va yoshlar!

Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan Madaniyat va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan 4-5-may kunlari "Chinobod" mahallasida (27-maktab хovlisida) "Yurtim munavvar oqshomlari" madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkaziladi.

Aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida uyushtirilayotgan tadbir davomida madaniyat xodimlari tomonidan konsert va ko'ngilochar dasturlari namoyish etiladi.

Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz!

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Direktor o'rinbosarlari uchun o'quv seminar tashkil etildi

Qibray tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qibray tuman bo'linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlar uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminari tashkil etildi.

O'quv-seminarda mas'ullar va mutaxassislari tomonidan "Ma'naviy tarbiyaning metodologik asoslari", "Milliy g'oya va yangi ma'naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o'rni", "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "O'zbek jadid ziyolilari" mavzularida o'quv-darslari o'tkazildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#NazoratLegallashtirish

Yana 90 nafar fuqaroning faoliyati qonuniylashtirildi

Xabaringiz bor, bugun viloyatning har bir hudud korxona va tashkilotlarda o‘rganoshlar olib borilib, legallashtirish jarayonlari ketmoqda.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Qibray tuman hokimligi va tuman soliq inspeksiyasi mas’ullaridan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda norasmiy ishlayotgan fuqarolarni rasmiylashtirish yuzasidan olib borilgan navbatdagi nazorat tadbiri Qibray tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda 90 nafar ishchi-xodimning faoliyati qonuniylashtirildi.

Shuningdek, joylardagi mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi kabi noxush holatlar yuzasidan ham keng tushuntirish ishlari olib borildi.Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook