Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.8K photos
3.15K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Tuman rahbarlari mahalla fuqarolarining murojaatlarini o'rgandilar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va sektor rahbarlarining "Obod" mahallasida o'tkazgan sayyor qabul davomida fuqarolarning elektr ta'minoti va yo'l infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar yo'lakchasi barpo etish kabi turli sohalardagi muammo va murojaatlari atroflicha o'rganilib, tegishli mas'ullarga murojaatlar ijrosi yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, mazkur mahallada joylashgan chorva mollari bozori atrofida yashovchi fuqarolarga noqulaylik tug'dirmaslik, bozor va uning atrofida sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda hududni toza, ozoda saqlash bo'yicha bozor ma'muriyati va nazoratchi tashkilot mas'ullariga topshiriq berildi.
Sayyor qabulda viloyat "Bozor savdo" raisi Abdumannob Abdulhayev ham ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#ochiq_muloqot

Tuman hokimi: Mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning olis hududda joylashgan Abduraxmon Jomiy mahallasidagi sayyor qabuli ochiq va samimiy ruhda o’tib, aholi vakillari o’zlarining qiynab kelayotgan kommunal va ijtimoiy sohadagi muammolari bilan murojaat qildilar.

Qabul davomida mahalla aholisining gaz quvurlarini tortish va ichimlik suvi hamda elektr ta’minoti bilan bog’liq murojaatlarni tizimli hal etish uchun mas'ullar biriktirilib, topshiriqlar ijrosi aholi vakillari ishtirokida muhokama qilinishi ta’kidlab o’tildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#ochiq_muloqot

Tuman hokimi og'ir ahvolga tushib qolgan oilaga yordam ko'rsatishni o'z nazoratiga oldi


Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, tumandagi Abdurahmon Jomiy mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila Gadoyboyevlar xonadonida bo'lib, yashash va turmush sharoitini o'rgandi.

O'rganishlar davomida xoandon egasi va turmush o'rtogining sog
ligida muammo borligi va davolanishi zarurligi ma'lum bo'ldi. Tuman hokimi ularni zudlik bilan davolatish uchun tuman markaziy shifoxonasiga joylashtirish hamda elektr energiyasi bilan bog'liq muammosini tezda hal etish bo'yicha mas'ul xodimlarga ko'rsatma berdi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube