#uchrashuv
Sektor rahbari yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.
✅Qibray tuman DSI boshlig‘i Sh.Xalmatov tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari N.Irisov bilan birgalikda 4-sektor hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.
Tuman mutasaddilari yoshlar yetakchilari tomonidan bajarilayotgan vazifalar bilan tanishilib, kelgusida qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan reja va topshiriqlar berildi.
❇️ Hamda yoshlar yetakchilari tomonidan maktablardagi o'quvchi yo'shlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar o'tkazish, sport musobaqalari tashkil qilish va yoshlarning bo'sh vaqtlarida turli to'garaklarga jalb qilinishi lozimligi ta'kidlab o'tildi.
✍️Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
Уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш соддалаштирилди
“Аҳолига ипотека кредити ва уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш жараёнларини соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (601-сон, 14.10.2022 й.) қабул қилинди
🔰 Қарор билан, 2022 йил 1 декабрдан бошлаб қуйидагилар белгиланди:
🔹 субсидияга талабгорларни танлаб олиш комиссиялари таркибидан Ёшлар ишлари агентлиги бўлим бошлиғи ва аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази директорлари чиқарилади;
🔹 субсидия олиш учун аризани аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказлари, Давлат кадастрлари палатасининг ҳудудий бошқармалари, Ёшлар ишлари агентли бўлимлари ва туман (шаҳар) ҳокимлиги томонидан кўриб чиқиш тартиби бекор қилинади;
▫️ бунда мазкур ташкилотларнинг маълумотлари subsidiya.idm.uz дастурий таъминоти орқали автоматик тарзда шакллантирилади;
🔹 субсидия ажратиш мақсадида уй-жойга муҳтож фуқароларни аниқлашнинг ижтимоий мезонлари доирасида қуйидагилар ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган айрим шахслар тоифасига киритилади:
▫️ёш оилалар, шу жумладан, 30 ёшдан ошмаган фуқаролар;
▫️олис ва чекка ҳудудлардаги бюджет ташкилотларига бошқа ҳудудлардан ишлаш учун келган олий маълумотли мутахассислар ва тиббиёт ходимлари.
✅ 2022 йил 1 ноябрга қадар “Labor - migration” дастури ва Кадастр агентлигининг Миллий географик ахборот тизими портали subsidiya.idm.uz дастурий таъминотига интеграция қилинади.
📝 Молия вазирлиги томонидан жойлаштирилган маблағлар ҳисобидан ипотека кредити ажратишда қарз олувчиларга қарз юкининг энг юқори чегараси ҳамда субсидия олиш учун бир календарь йилда икки марта ариза бериш бўйича белгиланган чекловлар бекор қилинди.
🗓 2022 йил 1 ноябрга қадар 2020-2022 йиллар дастури доирасида субсидия ажратиш тўғрисида хабарнома олган фуқароларга ипотека кредити фоизларининг бир қисмини қоплаш бўйича тўланмай қолган субсидияларни тўлиқ тўлаш чоралари кўрилади.
☑️ 2021 йил дастури доирасида субсидия ажратиш тўғрисида хабарнома олган Тошкент шаҳрида доимий рўйхатда турадиган фуқароларга Тошкент вилоятида қурилган уй-жойларни ипотека кредити асосида сотиб олиш ҳуқуқи берилади.
👉 Admin.uz

#bildirish
Qibray tumani Elektr tarmoqlari korxonasi ma'lum qiladi.
⚡️Qibray TETK tasarrufidagi F.Mahallada daraxt kesilishi sababli "Farovon" va "Yangiyo‘l" mahallalarida bugun, 18 oktyabr kuni soat 17:00 gacha elektr ta'minotida uzilish bo‘ladi.
Dispetcherlik xizmati tel:
☎️70/202-07-15; 95/194-03-82.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Qibray TETK uzr so‘raydi.
✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati
/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
✅Yurtimizda yetishtiriloyatgan mevalarning eksportbopligini oshirish va ularni to'g'ri parvarishlash maqsadida tumandagi ilmiy tadqiqot institutida soha olimlari ishtirokida "Mevali bog'larda o'simliklarni uyg'unlashgan himoya qilish" mazusida amaliy seminar o'tkazildi.
🎞Seminar tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
| telegram | facebook | Instagram |

#sayohat
Yangiyo‘llik xotin-qizlar diqqatga sazovor maskanlarga sayohat qildilar
🔹Qibray tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish maqsadida mahallalardagi xotin-qizlar uchun yurtimizdagi ziyoratgohlarga sayohatlar uyushtirilmoqda.
🕌Jumladan, "Yangiyo‘l" mahallasida yashovchi 20dan ortiq "Ayollar daftari"da ro'yxat turuvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar homiylarning beg‘araz ko‘magi bilan poytaxtimizdagi Minor masjidi hamda Zangiota ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.
🏗Sayohat davomida ular yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishish barovarida poytaxtimizdagi o‘zgarishlar, qurilish va obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldilar.

#besh_tashabbus
Tuman yoshlari kibersportda o'zaro bellashdilar
🔸Ma'lumki, yurtimiz yoshlari o'rtasida o'tkazilayotgan ommaviy sport tadbirlaridan biri "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalari tumanimizda ham qizg'in pallaga kirdi.
🕹Xususan, tumanimizdagi minglab yoshlarni qamrab olgan musobaqaning kibersport (FIFA22, PES22) turida mahallalardagi 500dan ortiq yoshlar sektor bosqichida ishtirok etib, nafaqat intellektual bilimlarini balki o'z aqliy salohiyatlarini ham namoyon qildilar.
✅Shuningdek,besh bosqichli tashabbus doirasida o'tkazilayotgan "Yosh kitobxon" tanlovining sektor bosqichida 1 ming 500 ga yaqin kitobsevar yoshlar ishtirok etib, g'oliblar tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
📌Hozirgi kunga qadar,14 ta yo'nalish bo'yicha 20 mingdan ortiq 7-30 yoshdagi tuman o'gi'l-qizlarini o'ziga jalb qilgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tuman bosqichi 20 oktyabrdan 4 noyabrgacha o'tkazilishi belgilangan.
✍️Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
| telegram | facebook | Instagram