Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.64K subscribers
42.1K photos
3.33K videos
64 files
13.8K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#tibbiy_koʼrik

Hokimlik xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o'tkazildi

Xususan, Qibray tumani hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida hokimlik xodimlarini profilaktik tibbiy ko'rikdan o'tkazish, ular orasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida o'tkazilgan ko'rik davomida viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tor doiradagi, malakali shifokorlari (kardiolog, oftalmolog, xirurg, terapevt, dermatolog, endokrinolog, urolog, ftiziatr,UZD, EKG, Rengen,qon tahlili olindi) tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shuningdek, fitobarlar tashkil etilib, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tuman bo’linmasi tomonidan xodimlariga to’g’ri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish haqida tushunchalar berildi.

Tuman hokimi Muzaffar Rashidov ham xodimlar bilan birgalikda tibbiy ko'rikdan o'tdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#tabrik

26- yanvar Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni

Kasbiga sadoqatli, yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan bojxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_fevraldan

✔️Qonunchilikka ko'ra, og'ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko'magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo'lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo'lga qo'yiladi.

🌐“Onalar maskani”da:

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to'lmagan) 1 yilgacha bo'lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta'minlanadi;

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko'nikmalar shakllantiriladi;

▪️"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta'minlashga ko'maklashadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM