Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.75K subscribers
43.5K photos
3.47K videos
64 files
14.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#reyd

​Tumandagi do'kon omborxonasida pirotexnika vositalari qonunga xilof ravishda saqlanib kelinayotganligi aniqlandi

♻️Qibray tumani Davlat soliq inspeksiyasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan sayyor soliq tekshiruv davomida “Bars sporting” MChJga qarashli ov anjomlari sotishga mo'ljallangan do’kon omborxonasida saqlash va sotish mumkin bo’lmagan 31 turdagi 2 toifaga kiruvchi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

📌O'rganishlar davomida umumiy bahosi 98 mln 556 so'm bo'lgan jami 1586 dona pirotexnika vositalari xatlovdan o'tkazilib, aniqlangan holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtinchalik olib qo’yildi.

🔰Shuningdek, reydlar davomida noqonuniy faoliyatlarni oldinin olish maqsadida tadbirkorlar bilan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.


✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#reyd_tadbirlari

Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

🛠👮‍♂️E'tiboringizga Toshkent viloyatida debitor qarzdorlikni qisqartirishga qaratilgan reyd tadbirlaridan lavhalar havola etilmoqda.

🚰❗️“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatilinayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Albatta, mazkur iste'molchilar xatti-harakatlariga tegishli huquq tartibot idoralari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.

📌Hurmatli iste’molchilar! Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to’lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
#reyd

Tumangaz xodimlari tomonidan o’tkazilgan reydlar davomida katta miqdorda gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Jumladan, kuni kecha "Qibraytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan o’tkazilgan kunduzgi va tungi reydlar davomida aholi xonadonlari va boshqa jami 17 ta xo'jalikda tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganlik holatlari aniqlandi.

Qonunbuzilishi holatlari natijasida 248.074 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, umumiy miqdorda 154 mln so’mdan ortiq zarar yetkazilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, keltirilgan zararni qoplash choralari ko’rilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reyd

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali xodimlari tomonidan aholining toza ichimlik suvidan mavjud qarzdorliklarini undirish va ichimlik suviga ulanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda


👉
Youtube

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#reyd

Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari kuzatuv kameralari orqali aniqlanmoqda

Qibray tumanidagi markaziy ko'cha atroflarini toza va ozoda saqlash borasidagi ishlarni nazorat qilish va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan turli chiqindilarni tashlash holatlarini oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari ishga tushirildi.

Kuzatuv kameralari orqali aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, aybdorlarga nisbatan jarimalar belgilanmoqda.

Eslatma, MJtKning 91/1-moddasiga asosan (jismoniy shaxslarga 340 mingdan 1 mln 20 ming so'mgacha, yuridik shaxslarga 3 mln 400 mingdan 5mln 100 ming so'mgacha) jarima belgilangan.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reyd

Qibray tumanidagi ko'chalarda o'rnatilgan kuzatuv kameralari, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlarini qayd etib bormoqda.

Eslatma: Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlik uchun MJtKning 91/1-moddasiga asosan (jismoniy shaxslar 340 mingdan 1 mln 20 ming so'mgacha, yuridik shaxslar 3 mln 400 mingdan 5mln 100 ming so'mgacha) jarimaga tortiladi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#reyd

Qibray tumanidagi markaziy ko'chalarda o'rnatilgan kuzatuv kameralari, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlarini qayd etib bormoqda.

Eslatma: Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlik uchun MJtKning 91/1-moddasiga asosan (jismoniy shaxslar 340 mingdan 1 mln 20 ming so'mgacha, yuridik shaxslar 3 mln 400 mingdan 5mln 100 ming so'mgacha) jarimaga tortiladi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reyd
#suv

- Tuk-tuk. Kim bor?
- suv taʼminotidan keldik.
...


“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ tomonidan shahar va tumanlarda ichimlik suv va oqovaga ulanish hamda debitor qarzdorlikni elektron to‘lov tizimlari orqali toʻlovlarni amalga oshirish bo‘yicha keng koʻlamli reyd tadbirlari boshlandi

Hurmatli iste’molchi!

debitor qarzdorlik bo‘yicha muammo yoki boshqa savollar kelib chiqsa, quyidagi ro‘yxat ilovadan hududingiz suv sotish bo‘limi operatoriga bog‘lanishingiz so‘raladi. (Qo‘ng‘iroqlarga javob berish soat 08:00 dan 18:00 gacha) 👇

👉
RO‘YXATNI KO‘RISH 👈

👉
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ ☎️ dispetchirlik xizmati ro‘yxati (24/7)

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
#reyd

Elektr energiyasidan oqilona foydalanish holatlari nazoratdan o’tkazilmoqda

Qibray tumani prokuraturasi, IIB va tuman elektr tarmoqlari xodimlari hamkorligida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida tadbirkorlik subyektlari atrofida kunduz kuni elektr energiyasidan samarasiz foydalanish holatlari aniqlandi va tadbirkorlarga elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo’yicha tushuntirishlar berilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari tungi vaqtlarda ham o’tkazilmoqda.

✍️Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Reklama banerlari va peshlavhalar tartibga keltirilmoqda

Xususan, Qibray tumani hokimligi mutasaddilari va mahalla xodimlari tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida tumanning markaziy ko'chalari bo'ylab tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan tartibsiz hamda davlat tili to'g'risidagi qonunga zid ravishda ilingan reklama banerlari bartaraf
etilmoqda.

Shuningdek, bu borada tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirishlar berilmoqda
.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Tashqi reklama banerlarining belgilangan talablarga muvofiqligi nazoratdan o'tkazilmoqda

Jumladan, Qibray tumani hokimligi va boshqda tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh a'zolari tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida savdo va boshqa tadirkorlik subyektlarida tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar, axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratlmoqda.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida aniqlangan kamchiliklar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, ayrimlari bo'yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Peshlavhalar va reklama banerlari tartibga solinmoqda

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Qibray tumanida noqonuniy peshlavhalar va reklama banerlarini tartibga keltirish bo'yicha reydlar o’tkazilmoqda

Bu kabi tadbirlarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad belgilangan me'yor talablariga rioya qilish va ko'chalar ko‘rkini saqlash va tartibli muhit yaratishga qaratilgan.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Reydlar davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatli aniqlandi

Qibray tumani prokuraturasi boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan energo resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish mfqsadida o'tkazilayotgan kunduzgi va tungi reydlar davomida tumandagi mahallalarning birida yashovchi, fuqaro T.X. xonadoni ko'zdan kechirilganida, xonadonidagi issiqxonani isistish uchun tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.


Hozirda, aniqlangan holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, davlatga yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash bo'yicha qonuniy choralar ko’rilmoqda.Bu kabi reyd tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqoqnuniy fodalanish holatlari ham nazoratdan o'tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatllariga qarshi reydlar davom etmoqda

Qibray tumani prokuraturasi mas'ul xodimlari va tegishli tashkilot mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyadan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida reydlar o'tkazilib, qonun buzilish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, ishchi guruh tomonidan tumandagi Obod mahallasida o'tkazilgan tungi
reyd davomida fuqaro xonadonidagi issiqxonani isistish uchun tabiiy gazdan noqoqnuniy tarzda foydalanib kelayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Hozirda, yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash choralari ko’rilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Reydlar davomida noqonuniy holatlar aniqlanmoqda


Jumladan, Qibray tumani prokuraturasi va tegishli tashkilot mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tumandagi issiqxona va aholi xonadonlarida tabiiy gaz va elektr energiyadan noqoqnuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o'tkazilayotgan reydlar davomida tabiiy gaz va elektr energiyadan foydalanishda qonun buzilish holatlari aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, yetkazilgan zararni qoplash choralari ko’rilmoqda.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Issiqxonalarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi


Qibray tumani prokuraturasi va mas'ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o'tkazilgan
reyd tadbirlari davomida tumandagi Guliston mahallasida yashovchi fuqarolar o'z xonadonlaridagi issiqxonani isistish uchun tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda, aniqlangan holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, davlatga yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash choralari ko’rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram  📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Norasmiy band qilingan ishchilarning faoliyati legallashtirish bo'yicha
reyd tadbirlari o'tkazilmoqda

Jumladan, Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oybek, Bobur, O'nqo'rg'on va Obod mahallalarida o'tkazilgan o'rganishlar davomida mahallalardagi umumiy ovqatlanish va sanoat korxonalaridagi ishchi xodimlarning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda faoliyat olib orayotganligi ko'zdan kechirildi.

O'rganishlar davomida norasmiy faoliyat olib borish holatlari aniqlanib, tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi va ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha shu yerning o'zida belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#reyd

Ishchi guruh tomonidan bir kunda 100ga yaqin norasmiy ishchilarning faoliyati legallashtirildi


Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, tuman soliq inspeksiyasi va tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Bunyodkor hamda Farovon mahallalarida o'tkazilgan navbatdagi o'rganishlar davomida mahallalardagi umumiy ovqatlanish, sanoat korxonalari va issiqxonalardagi ishchi xodimlarning faoliyati qonun talablariga muvofiqligi nazoratdan o'tkazildi.

Nazorat tadbirlari davomida norasmiy faoliyat olib borayotgan 100 ga yaqin ishchilar aniqlanib, tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi va ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha shu yerning o'zida belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reyd

Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, tuman soliq inspeksiyasi va tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tumandagi umumiy ovqatlanish, sanoat korxonalari va issiqxonalardagi ishchi xodimlarning faoliyati qonun talablariga muvofiqligi nazoratdan o'tkazilmoqda.

🎞Tafsilotlar "Nurafshon Tv" telekanali lavhasida


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube