Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.53K subscribers
40.3K photos
3.19K videos
60 files
13.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#bandlik

Tumandagi 11 mingga yaqin fuqarolar norasmiy ish o'rnidan rasmiy sektorga o'tkazildi


Xususan, joriy yilning shu kuniga qаdar Qibray tumani hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va Soliq inspeksiyasi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tumandagi qishloq xo'jaligi, sanoat korxonalari, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida norasmiy faoliyat yuritib kelgan 10 ming 568 nafar xodimlarning faoliyati legallashtirildi.

Hozirda ham ishchi guruh tomonidan kunlik o'tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlar bilan o'tkazilayotgan tushintirish ishlar natijasida yuqoridagi kabi korxonalarda norasmiy faoliyat olib borayotgan 200 ga yaqin xodimlar rasmiy sektorga o'tkazilmoqda.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#mutaxassis_minbari
#savolga_javob

SAVOL:
Farzandim sentabrdan institutga qabul qilindi. Lekin institutda HEMIS dasturi ishlamayotganligi uchun ma’lumotnoma olishni imkoni bo‘lmayapti. Agar noyabr oyida HEMIS dasturi ishlasa, sentyabrdan noyabrgacha bo‘lgan muddatdagi boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lab beriladimi?

♻️JAVOB:
Qonunchilikka muvofiq, vafot etgan boquvchining ta’lim tashkilotiga o‘quvchi yoki talaba sifatida qabul qilingan 18 yoshdan katta yoshdagi oila a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi u o‘quvchi yoki talabalar safiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘lanadi.

Ushbu pensiyaga huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi.

Ma’lum sabablarga ko‘ra, ushbu pensiyani olib kelayotgan oila a’zosiga pensiya to‘lash to‘xtatilgan bo‘lsa va pensiyani olish uchun yana huquq paydo bo‘lgan taqdirda (misol uchun institutga o‘qishga kirsa) pensiya uni so‘rab murojaat qilingan kundan boshlab 23 yoshgacha to‘lanadi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qibray tuman bo‘limi



💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#hokim_qarori

Toshkent viloyati hokimining
tegishli qaroriga asosan Qibray tumanining Yoshlik va Mehnat mahallalarida sport obyektlari qurilishi uchun yer maydoni ajratildi

Avvalroq
, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidovning tashabbusi bilan Yoshlar jamg'armasi mablag'lari hisobidan "Yoshlik" mahallasida mini futbol maydonchasi qurish uchun 450 mln so'm va Mehnat mahallasida "Street Workout" barpo etish uchun 200 mln so'm mablag' ajratilgan edi.

Manba:@Sh_Khudaynazarov

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Forwarded from Muzaffar Rashidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қибрайни яшил ва экологик тоза ҳудудга айлантириш мақсадида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида туманимизда жадал ишлар олиб борилмоқда. Айниқса, темирйўл кесишмалари атрофи ободонлаштирилиб, кўкаламзорлаштириш чоралари кўрилмоқда.

Шуни айтишим жойизки бу саъй-ҳаракатларда фаол иштирок этишимиз ва биргаликда Қибрайнинг гўзал келажагини яратишга ҳисса қўшишимиз даркор деб биламан!

@Muzaffar_Abrorovich
#bildirish

"Qibraytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi ma'lum qiladi

Qibray tumanidan o'tuvchi magistral yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlikni baratarf etish maqsadida 28-noyabr kuni soat 9:00dan 29
-noyabr 13:00 ga qadar Mehnat, Ma'daniyat, Ziyokor, Yangi hayot, Turkiston, May, Sharq, Shalola, Xo'jaqo'rg'on, Po'lat qadam, Yangi avlod va Taraqqiy mahallarida vaqtincha gaz taminoti toxtatiladi.

Ishlar tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Noqulayliklar uchun “Qibraytumangaz” gaz taʼminoti bolimi uzr so'raydi.

Dispetcherlik xizmati:
☎️ 99/862-10-04, 104, 1104


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
⚡️Is gazi barcha uchun xavfli!


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#aksiya

Ta'lim muassasalarida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz 16 kun"aksiyasi o'tkazilmoqda

Qibray tumani IIB, "Inson" ijtimoiy hizmatlar markazi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida umumta'lim maktablarida uchrashuvlar va targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.


Aksiya
doirasida yoshlarga, zo'ravonlikka qarshi kurashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu kabi holatlarga duch kelganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi to'g'risida tushunchalar va huquqiy maslahatlar beilmoqda.

Aksiya doirasida o'tkazilayotgan o'tkazilyotgan tadbirlarda tuman IIB mas'ul xodimi G.Mirzakarimova, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i F.O'ktamova tuman oqila ayollar rahbari M.Abdullayeva "Inson" markazi psixologi G.Rustamova, Y.Qambarovalar ishtirok etmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube