Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.9K photos
3.15K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#taʼlim_hamkorlik

Germaniyalik mutaхassislar ta'lim dasturlarini amaliyotda qo'llanilishini monitoring qilmoqda

Qibray tuman kasb-hunar maktabida Germaniya davlatining "GOPA" xalqaro konsalting firmasining xalqaro hamkorlik jamiyati "O'zbekistonda kasb-hunar ta'lim tizimini modernizatsiya jarayonini qo'llab quvvatlash" loyihasi doirasida pilot ta'lim dasturlarini amaliyotda qo'llanilishini monitoring qilinmoqda.


Shuningdek, xorijlik ekspertlar dual ta'lim tizimi bo'yicha bevosita amaliyot jarayonlari bo'lib o'tadigan hamkor, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon

Ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari ko'zdan kechirildi

Qibray tumani hokimi o'rinbosari R.Xasanov, tumandagi 41-umumiy o'rta ta'lim maktabida davlat dasturi doirasida 2,5 mlrd somga yaqin mablag' evaziga qurilayotgan 240 o'rinli yangi o'quv binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, hokim o'rinbosari 19-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi. O'rganishlar davomida qurilish ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va obyektlarni sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo'yicha quruvchilarga topshiriq berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qibray tumani Shodlik maghallasi Vatanparvar ko'chasidan o'tgan D-219 mm bo'lgan ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik(avariya)ni baratarf etish maqsadida Beruniy, Alisher Navoiy, Shodlik, Sohibkor, G'ofur G'ulom, Yangiobod, Iftihor, Zebuniso, Uymaut va Qipchoq mahallalari ichimlik suv ta'minotidan vaqtincha uzildi.

Hozirda nosozlikni bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vakansiya #dayjest

Xorijda ishlashni xohlovchilar diqqatiga!

Chet el davlatlarida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar mazkur bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

🔘Turkiyada temirchi, qolipchi, g‘isht teruvchilik bo'yicha bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 950 AQSh dollari.

🔘Litvada tovuq go'shti mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasidagi bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 1000 yevro.

🔘Germaniyaning "CLAAS" konserni filiallariga mexanika sohasi mutaxassislari ishga qabul qilinadi.

🔘Yaponiyada qurilish ishlari bo'yicha ishchi-xodimlar talab etiladi. Oylik maosh 180600 yena-1200 AQSH dollari (brutto).

🔴Rossiya Federatsiyasining bir nechta korxonalarida vakansiyalar mavjud:

🔘ООО "Сопа групп" qurilish korxonasi. Oylik maosh 70-100 ming rubl.

🔘AO "СТАЛЬМОСТ" tashkiloti Tyumen va Yaraslavl shaharlariga ko‘prik metall konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo‘nalishida bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qilmoqda.

🔘ООО "СПАР Мидл Волга" qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasidagi mabjud bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 70-90 ming rublgacha mavjud.

🔘 "ДАТ Энерго" logistika korxonasi ishchi-xodimlarni bo'sh ish o'rinlariga taklif etadi. Oylik maosh 80 ming rubldan boshlanadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Уведомление

Viloyatda ertadan bosqichma-bosqich issiqlik bilan taʼminlash boshlanadi

Toshkent viloyati hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar joy binolarini isitish mavsumi 2024-yilning 8-noyabr kunidan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimining farmoyishi eʼlon qilindi.

В Ташкентской области с завтрашнего дня поэтапно начнётся отопительный сезон

На территории Ташкентской области отопление в социальные объекты будет подаваться с 8 ноября 2024 года. Об этом объявлено в соответствующем решении, подписанное хокимом области.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik
#dayjest

Endilikda viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlaridagi kunlik dayjestlarni sunʼiy intellekt asosida yaratilgan jurnalist Muzayyana Davlatova tayyorlab boradi.

Muzayana Davlatova – Piskent tumanining farzandi, shoira, jurnalist, folklorshunos olima Muzayana Alaviya sharafiga qoʻyilgan. Uning yoshlikdagi surati asosida mazkur obraz – jurnalist siymosi yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida, Muzayyana Alaviya – Oʻzbek xalq qoʻshiklarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Bir qator toʻplam va risolalar muallifi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

❗️Haydovchilarning yuk avtomobillarida yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o'tish joylaridan yurishi BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikni takroran sodir etsa:

BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 4200 dan ortiq Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!


🔹Dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalari 671 ta (Ko'rish)

🔹Dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativini tashkil etish uchun 808 ta (Ko'rish)

🔹Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari 2721 ta (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda tuman saylov komissiyasi raisi Elbek Tajibayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Qibray tumani hokimi lavozimiga Muzaffar Rashidov nomzodi koʻrsatildi.

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan Rashidov Muzaffar Abrorovich Qibray tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Fuqarolarning ko'plab murojaatlariga sayyor qabullar davomida yechim topilmoqda

Qibray tumani sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi rahbari boshchiligida o'tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali lavhasida

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram