Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.75K subscribers
43.5K photos
3.47K videos
64 files
14.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

Tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Qibray tuman prokuraturasi ma'sul xodimi tumandagi Mehnat mahallasida joylashgan 41-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlarini nazorat qilish maqsadida jarayonlarni ko'zdan kechirib, quruvchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 2-sektor hududidagi Hosildor mahalla fuqarolarining murojaatlariga asosan, maishiy chiqindilarni o'z vaqtida olib ketilishi prokuratura nazoratiga olinib, ijrosi ta'minlandi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#qabul

Sayyor qabulda aholi murojaatlari atroflicha muhokama qilindi

Qibray tumani hokimligi mas'ullari boshchiligida "Abduraxmon Jomiy" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabul davomida aholini qiynab kelayotgan kommunal va ijtimoiy sohalardagi muammolari hokim o‘rinbosarlari va tegishli mas'ullar ishtirokida batafsil o'rganildi.

Shuningdek, aholining gaz quvurlarini yangilash bo'yicha murojaatlarini tizimli hal etish uchun mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
##jarayon


G‘alla o‘rimidan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish jarayonlarini muhokama qilindi

Xususan, Qibray tumani hokimi o’rinbosari, tuman prokuraturasi va Soliq inspektsiyasi mas’ullarining fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvida, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan yer maydonlarini somondan tozalash va qayta ekin ekish uchun tayyorlash borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fermer ho‘jaligi rahbarlari hamda soha mutaxassislariga yer maydonlarini takroriy ekinlar (sabzovot va dukkakli ekinlar) ekishga tayyorlash, takroriy ekin maydonlarini ehtiyojmand aholiga adolat mezonlari asosida ajratib berilishini nazoratga olish yuzasidan vazifalar berildi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/