Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.62K subscribers
39.5K photos
3.07K videos
59 files
12.8K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#LIVE
 
Muloqot davomida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan sohada yoshlar bandligini taʼminlash va ularni ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida qilinayotgan ishlar, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash masalalariga toʻxtaldi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, viloyat aholisining 50,7 foizi (1 million 542 ming 922 nafar) yoshlardir.

Yil boshidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida 33 mlrd. 406 mln.soʻm mablagʻlar shakllantirilib, 10 ming 543 nafar yoshlarning turli ijtimoiy-maishiy muammolari hal etilishiga erishildi.

Misol uchun, 1524 nafar yoshlarga kontarkt toʻlovi mablagʻlarining 50 foizigacha boʻlgan miqdorida qoplab berildi. 500 nafardan ziyod yoshlarga davolanish hamda sogʻliqlarini tiklash uchun mablagʻlar ajratildi. 6 ming 118 gektar sugʻoriladigan unumdor yer maydonlari yoshlarga ajratilib, bugungi kunga qadar 9 ming 484 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi.

Viloyatda 7 ta toifadagi jami  296 ming 542 nafar yoshlar ajratib olinib, 1862 nafar huquq tartibot va mudofaa organlari ofitserlariga biriktirildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_festivali

Qibray tumanida o’tkazilgan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostidagi yoshlar festivali tafsilotlari “Nurafshon TV” telekanali lavhasida

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
“Kitoblararo 80 kun” marafoni

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga
start beradi!

Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi.

Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.

Mazkur bot orqali toʻliq ma'lumot olishingiz va marafonda ishtirok etishingiz mumkin:
@oyinatanlovbot
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифати ва педагоглар малакасини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества школьного образования и квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon

Qibray tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy ko'chalar atrofi turli chiqindilardan tozalanib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlariga asosan yo'l belgilari o'rnatilib, mavjud belgilar yangilanmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#loyihalar_yarmarkasi

Tumanda loyihalar va bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur yarmarkada, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlik qilish va mikroloyihalarni amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolarga qulay shartlarda kredit rasmiylashtirish kabi masalalar yuzasidan tadbirkorlar hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Yarmarka davomida aholi va tadbirkorlar tomonidan biznes loyihalari taklif etilib, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda, Toshkent viloyati hokimining birinchi o'rinbosari E.Muxiddinov ishtirok etdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/