Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.59K subscribers
39.7K photos
3.13K videos
60 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#futbol

Botanikalik yoshlar DXX kubogi tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Qibray tumani markaziy o‘yingohida o'tkazilgan DXX kubogi tuman bosqichining final bellashuvi intriga va hayojonli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini Botanika mahallasi yoshlari tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.

Musobaqa yakunida "Botanika" mahalla yoshlari 1-o‘rin, "Yoshlik" jamoasi 2- va po'lat qadamlik yoshlar 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Qibray tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va IIB hamda Soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari, musobaqa g‘oliblari va sovrindorlariga medal hamda qimmatbaho sovg'alarni topshirdilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#Bilasizmi

🔰 Konunchilikka koʻra, kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish hisoblanadi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

❗️Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sogʻlomlashtirish_maydonchasi

Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta'tilini maroqli o‘tkazish maqsadida umumta'lim maktablarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari haqida "Nurafshon TV" telekanali lavhasida

✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#sayyor_sud

Bir guruh shaхslarga insonparvarlik tamoyili asosida hukm chiqarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudi sudyasi B.Boboyev boshchiligida probatsiya guruhida turuvchi axloq tuzatish ishlariga hamda ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qilingan mahkumlar uchun sayyor sud o‘tkazildi.

Sayyor sud davomida respublikamizda inson xuquqlariga katta e'tibor berilayotgani, adashib jinoyat qilib, jamiyatga qaytib o‘z o‘rnini topgan, tuzalish yo‘liga kirgan mahkumlarni ozod qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan 12 nafar mahkumlar shartli ravishda muddatidan oldin ozod etildi.

Shuningdek, sayyor sud davomida fuqarolarga sudya tomonidan fuqarolarni qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi


✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#taraddud

Bayram kunlari jamoat tartibini saqlash bo’yicha hamkor tashkilot xodimlariga tegishli yo’riqnomalar berildi

Xususan, Qibray tumani huquq tartibot organlari mutasaddilari boshchiligida o’tgan saf ko’rigida, tumanda Qurbon hayitini munosib kutib olish va bayramni ko’tarinkilik bilan o’tkazish hamda jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ko’rsatma va yo’riqnomalar berildi.

Shuningdek, hayit namozi o’qiladigan jome masjidlarda namozxonlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlashda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube