Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qibray tumani Iftihor mahallasida yuzaga kelgan nosozlikni bartarf etish maqsadida bugun, 29-may kuni soat 11:20dan 15:00ga qadar Iftihor va Zebuniso mahallalarida ichimlik suv ta'minotida uzilish bo’ladi. Shuningdek, Beruniy va G'ofur G'ulom mahallalarida ushbu vaqt davomida ichimlik suvi bosimida pasayish kuzatiladi.

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#jarayon

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy ko'cha va xiyobon atrofi obod qilinib, mavsiumiy gul ko'chatlari ekilmoqda hamda mavjud gul va archa ko'chatlari parvarishlanmoqda.

Shuningdek, yog'ingarchilik kunlari suv toshish oqibatlarini oldini olish maqsadida ariqlar tozalanib, ma'muriy binolar oldi tartibga keltirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ko'chalar atrofiga tashlab ketilgan chiqindilar, siz-u biz kabi insonlarga qoshimcha mehnat yuklashini unutmang!


Atrof-muhit muhofazasi va uning orastaligiga aslo bee'tibor bo'lmang!

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#seminar

Mahalladagi yoshlar yetakchilari qisqa muddatli malaka oshirish
o‘quv-seminarida ishtirok etmoqdalar

Qibray tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligida o'tkazilayotgan seminar davomida yoshlar yetakchilariga mutaxassislar tomonidan nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar o'tilishi belgilangan.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#eshitmadim_demanglar

Qibray tuman hokimligi tashabbusi bilan tuman Madaniyat va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida joriy yilning 1-iyun kuni "Nurobod" mahallasida joylashgan 17-maktab stadionida "Munavvar oqshomlar" madaniy tadbir o'tkaziladi.

Aholi va yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o’tkaziladigan tadbirda, elimiz ardog'idagi san'atkorlar Davron Axmedov, Shahnoza Otaboyeva, O'tkir Muhammadxo'jayev va boshqa taniqli san'atkorlar ishtirokida kontsert dasturi namoyish etiladi.

Barchangizni "Munavvar oqshomlar" ko'ngilochar konsert tomoshasiga taklif etamiz.

Tadbir soat 17:00dan 21:00gacha davom etadi

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
❗️ DIQQAT E’LON!

💎Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qо‘shimcha qabul kо‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan 2000 ta о‘rin uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qabul qilinishini ma’lum qiladi.

✔️О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga qо‘shimcha davlat granti asosidagi qabul kо‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni о‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

👉 Batafsil...


🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Президент Шавкат Мирзиёев “Асакабанк” ва Бизнесни ривожлантириш банкининг инвестиция фаолияти ҳамда кичик ва ўрта бизнесни қўллаб-қувватлашга оид тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о деятельности "Асакабанка" и Банка развития бизнеса по привлечению инвестиций и поддержке малого и среднего бизнеса.

#Mirziyoyev #taqdimot #bank #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X