Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.62K subscribers
39.6K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon

Tuman hokimi ochiq maydonda noyob daraxt va gul ko'chatlari yetishtirayotgan xo’jalik faoliyati bilan tanishdi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov tumandagi "Baytqo'rgon" hududidagi noyob daraxt va gul ko'chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan "Baytqo'rgon Usmonova Nargiza" fermer xo'jaligi faoliyati va eksport rejalari bilan bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda, mingdan ortiq manzarali, butasimon va nina bargli o'simliklarni yetishtirib, "Bahor gullari" brendi ostida aholiga yetkazib berayotgan fermer xo'jaligida, 40 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta'minlangan.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#jarayon

Tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16- apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori talablari ijrosi bajarilishini ta’minlash maqsadida Qibray tumani prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo'limi hamda tuman soliq inspeksiyaysi xodimlari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, mas'ullar tomonidan non ishlab chiqaruvchi korkona va nonvoyxonaIarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda asossiz ravishda non va non mahsulotlari narxini asossiz oshirishga yo'l qoy'maslik yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berilmoqda.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qibray tumani Yonariq mahallasidan o’tuvchi D-160 mm bo‘lgan ichimlik suv quvurlarida va "O‘tkir" suv inshootida yuzaga kelgan avariya nosozliklarni ta'mirlash maqsadida joriy yilning 1-may kuni soat 09:00 dan 15:00ga qadar tumandagi Qurilish, Mehnat, Yonariq, Guliston, Parvoz, Ilg‘or, Mustaqillik, O‘tkir, Madaniyat, Taraqqiy va Chinobod mahallalarida ichimlik suv ta'minotida vaqtinchalik uzilish va bosim pasayish holatlari kuzatiladi.

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#uchrashuv

Hokim o’rinbosari yoshlarning muammolarini o’rganmoqda

Qibray tumani hokimi o’rinbosari R.Xasanov, “Bunyodkor”, “Navro’z” va Bobur mahallasi yoshlarining muammo hamda takliflarini o‘rgandi.

Shuningdek, sog‘ligida muammoasi bo‘lgan yoshning salomatligini tiklash, kredit ajratish, bandligini ta’minlash kabi ko’plab muammo
va takliflariga yechim topish hamda amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas'ullar biriktirilib, yo’l xaritasiga kiritildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/