Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.5K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#sayyor_qabul

Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli May mahalla fuqarolari uchun o’tkazildi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida o’tgan sayyor qabul davomida aholining turli sohalardagi murojaat va muammolarini o‘rganildi.

Xususan, fuqarolarning kommunal (elektr, gaz, ichimlik suvi,ichki ko'cha ta'miri, kadastr) ijtimoiy (moddiy yordam, kredit, bandlik)kabi muammolari qatorida taklif va murojaatlari ham mas'ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, muhokama qilindi.

Qabul davomida yo‘llangan murojaatlar ijrosini belgilangan muddatlarda hal etish va aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘layotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida, joylarda bartaraf qilish yuzasidan mas'ullar belgilandi.


✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#open_budget

"Bunyodkorda" bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritigan Bunyodkor mahallasining Fitrat ko‘chasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 0,8 kmdan ortiq masofasi to’liq asfaltlashtirildi.

Ma'lumot o‘rnida, loyihaning joriy yilgi birinchi mavsumida tuman byudjetidan 18 mlrd 990 mln so‘m ajratilgan bo’lib, g‘oliblar qatorida Bunyodkor mahallasida kutubxona tashkil etish loyihasi ham g‘olib bo‘lgan.


Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
#sayyor_qabul Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli May mahalla fuqarolari uchun o’tkazildi Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida o’tgan sayyor qabul davomida aholining turli sohalardagi murojaat va muammolarini o‘rganildi. Xususan, fuqarolarning…
#murojat_ijro

Sayyor qabul davomida yo’llangan murojaatlarga ijobiy yechim topilmoqda

Bugun, Qibray tumani hokimi boshchiligida o’tkazilgan qabulda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning elektr hisoblagich o’rnatish bo’yicha murojaati bugunning o’zida tuman elektr ta’minoti tomonidan ijobiy hal etildi.

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Hokim_farmoyishi

Viloyatda "Mahalla yettiligi"ning mahallalardagi vakillari raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitish xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 413 million soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi.

Batafsil🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Favqulodda holatlarni oldini olish borasida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Qibray tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumandagi yirik “Qibray rent servis” MChJda yong‘in va boshqa turdagi favqulodda holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi.

Korxona mas'ullari va xodimlariga yong‘in bo‘lgan vaqtda o‘t o‘chirish uskunalaridan foydlanish bo‘yicha tushuntirish ishlari va yo‘riqnomalar berilib, ularga eslatma hamda tarqatma materiallar topshirildi.

Tadbir davomida yong‘in sodir bo‘lganda favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan shartli fuqaroni qutqarish va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda savdo do‘konidagi aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish bo‘yicha ko'rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/