Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.9K photos
3.15K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кўрфаз араб давлатлари ҳамкорлик кенгаши бош котиби Жасим бин Муҳаммад ал-Будайвийни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального секретаря Совета сотрудничества арабских государств Залива Джасима бин Мухаммада аль-Будайви.

#Mirziyoyev #qabul #KADHK #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#bildirish

Qibray tuman elektr ta'minoti ma'lum qiladi

⚡️Tuman elektr ta'minotiga qarashli N.Stlarda ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, bugun, soat 11:00ga qadar Beruniy va G'ofur G'ulom hamda 11:00dan 14:00gacha Shodlik, Yangiobod va Zebuniso
mahallalarida elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilish bo'ladi.

Noqulayliklar uchun Qibray tuman elektr ta'minoti iste'molchilardan uzr so‘raydi.

Dispetcherlik xizmati:
☎️70/202-07-15; 95/014-11-54

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹 Dexqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish 712 ta (Ko'rish)
🔹 Dexqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativini tashkil etish uchun 1060 ta (Ko'rish)
🔹 Yoshlarga dexqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari 1611 ta (Ko'rish)

Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting!!!

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#seminar

Mahalla raislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi


Tumandagi mahalla raislari uchun o'tkazilgan o'quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo'g'in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi 209-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 402-sonli qarori ijrosi va uning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

O‘quv-seminarida O'zbekiston Respublikasi Mahalla uyushmasi raisi maslahatchisi G.Yulchibayeva va Mahalla uyushmasi Qibray tuman bo'limi boshlig'i D.Mamajonovlar ishtirok etdi.


Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#tayinlov

Artikova Shoxista Abudjanovna Qibray tumani fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

“Temir qadam Artikova Shoxista” fermer xo’jaligi rahbari, Artikova Shoxista — 1974-yil Qibray tumanida tug'ilgan.

Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qibray tumani Yonariq mahallasidan o’tuvchi D-160 mm bo‘lgan ichimlik suv quvurlarida va "O‘tkir" suv inshootida yuzaga kelgan avariya nosozliklarni ta'mirlash maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni soat 09:00 dan 15:00ga qadar tumandagi Qurilish, Mehnat, Yonariq, Guliston, Parvoz, Ilg‘or, Mustaqillik, O‘tkir, Madaniyat, Taraqqiy va Chinobod mahallalarida ichimlik suv ta'minotida vaqtinchalik uzilish va bosim pasayish holatlari kuzatiladi.

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali shuni ma'lum qiladi

Qibray tumani Iftihoror mahallasidan o’tuvchi D-100 mm bo'lgan ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan yirik nosozlik(avariya) sabab, bugun, 16 aprel kuni soat 19:30dan Uymaut, Beruniy, Alisher Navoiy, Shodlik, Sohibkor, G'ofur G'ulom, Yangiobod, Iftihor va Zebuniso mahallalarida ichimlik suv ta'minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish bo’yicha zarur choralar ko’rilmoqda

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
##Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun — 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan.

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#insonparvarlik

Insonparvarlik xalqimizga xos xislat

So‘ngi yillarda yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosat tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat kechirimlilik bo’lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, Qibray tuman fuqarosi ham muddatidan avval jazodan ozod etildi.

Batafsil Bobur Odilov lavhasida

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#bildirish

Qibray tuman elektr ta'minoti ma'lum qiladi.

⚡️Qibray tumani Iftihor maxallasi hududida joylashgan 571-sonli TP va 6 kV elektr tarmog‘ida montaj qilish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, xodimlarni xavfsizligi ta'minlash maqsadida bugun 17 aprel kuni soat 14:00 gacha Iftihor mahallasida elektr ta'minotida uzilish yuzaga keladi.

Noqulayliklar uchun Qibray tuman elektr ta'minoti uzr so‘raydi.

Dispetcherlik xizmati:

☎️70/202-07-15, 95/014-11-54

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#bildirish

Qibray tuman elektr ta'minoti ma'lum qiladi.

⚡️Qibray tumani Nurafshon mahallasiga qo'shimcha 160 kVA quvvatli transformator o'rnatish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, Nurafshon, Do'rmon, Birlik, Yangi Arg’in, Olmazor va Haydarobod mahallalarida bugun, soat 15:30ga qadar elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilish bo’ladi.

Noqulayliklar uchun Qibray tuman elektr ta'minoti uzr so‘raydi.

Dispetcherlik xizmati:

☎️70/202-07-15, 95/014-11-54

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/