Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.64K subscribers
39.5K photos
3.09K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#bildirish

"Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali sizga shuni ma'lum qiladi:

Qibray tumani Mustaqillik va O'tkir mahallalaridan o'tuvchi D-100mm markaziy ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlikni (avariya) ta'mirlash maqsadida “Qodiriya” suv ko‘tarish inshooti vaqtincha o‘chirilishi sababli, ertaga, 3 aprel kuni soat 09:00dan 16:00ga qadar Mustaqillik, O‘tkir, Ilg‘or, Mehnat, Madaniyat, Taraqqiy, Ziyokor, Qurilish, Yangi hayot, Yonariq, Guliston va Parvoz mahallalarida ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tumani filiali ichimlik suvi iste'molchilaridan uzr so‘raydi

Dispetcherlik xizmati tel:
☎️77/100-02-38

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#uchrashuv

Tuman rahbarlari boshchiligida "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va sektor rahbarlari tomonidan tumandagi mahalla va tashkilotlarda loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko'kalamzorlashtirish, daraxt ekish jarayonlari hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan tahliliy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi kamchiliklar tahlil qilinib, aholi tomorqasidagi bo'sh yerlardan unumli foydalanish orqali qo'shimcha daromad manbai yaratish to'g'risida xonadonbay olib borilayotgan tushuntirish ishlarini yanada jonlasntirish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilishda, mahallalardagi yettilik, imom xatiblar, tashkilotlar, umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.


✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishga ham yordam bermoqda

Qibray tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida loyiha doirasida mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish ishlari qizgi'n davom etmoqda. Jarayonlarda, bolajonlar ham tarbiyachilar bilan birgalikda ishtirok etib, hududlarni ko'kalamzorlashtirishga o'z hissalarini qo'shmoqda.

Joriy yilning shu kuniga qadar, loyiha doirasida tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi bo'sh yer maydonlariga jami 3282 tup (shundan 900 tup mevali va 2382 tup manzarali) daraxt ko'chatlari ekildi.


✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#Bir_mahalla_bir_mahsulot

Aholiga 20 ming dona jo’ja yetkazib berildi


Tuman aholisi xonadonlarida sanoat usulida parranda boqishni tashkil etish, parranda go‘shti ishlab chiqarishni ko‘paytirish va "Bir mahalla-bir mahsulot" tamoyili asosida xonadonlarni parrandachilikka ixtisoslashtirish maqsadida Sharof Rashidov nomli parrandachilik korxonasi bilan hamkorlikda aholiga bepul jo'jalarning navbatdagisi yetkazib berildi.

Bugunning o'zida, 4 ta sektor hududidagi 15ta mahalladagi 100 dan ortiq oilalarga parrandachilik korxonasi tomonidan berilgan 20 ming dona jo'ja hokim yordamchilari tomonidan manzilli yetkazib berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube