Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.58K subscribers
39.7K photos
3.13K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#LIVE

Ayni damda Parkent tumani “Qiziltogʻ” qoʻrgʻonidagi “Chotqol” madaniyat markazida viloyati hokimi Zoyir Mirzayev madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar, axborot-kutubxona markazlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

Jarayonni quyidagi havolalar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Facebook

👉 YouTube


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#tibbiy_ko‘rik

Qibray tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan olis hududda joylashgan Jomiy mahalla fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Xususan, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 27-OPning tor doiradagi, endokrinolog, ginekolog, kardiolog, lor, jarrox, pediatr, teropevt, nevropatolog, teri-tanosil,onkolog, okulist, travmatolog, EKG, UZD, A ,V,S va umumiy qon tahlillari va laboratiriya mutaxassislari, 180 nafar fuqarolarning salomatligini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib, 2 nafar fuqaroga respublika va 6 nafariga tuman shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 40ga yaqin (yurak qon tomir, qandli diabet, asab va buyrak kassalligi bor) fuqarolarga shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra bepul dorilar tarqatildi.

Avvalroq, tuman hokimi boshchiligida o'tgan sayyor qabuli davomida ushbu mahalla aholisi salomatligini tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo'yicha topshiriq berilgan edi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
#uchrashuv

Xotin-qizlar faollari bilan “Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O'zbekisto Respublikasi Din ishlari qo'mitasi va Qibray tumani Oila va xotin-qizlarni qo'llab -quvvatlash bo'lim hamkorligida o'tkazilgan uchrashuvda, xotin-qizlar orasida Islom diniga e'tiqod qilishning odob-ahloqlari va milliy qadriyatlarimiz, yoshlarni yot g‘oyalardan saqlash kabi mavzularda so'z bordi.

Shuningdek, Islom dini va uning asl mohiyati hamda jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish g‘oyasi to‘g‘risida atroflicha tushuncha va ma'lumotlar berildi.

✍️Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati


telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi va Amudaryo uzra qurilgan Do'stlik ko'prigining ochilishi yuzasidan Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupovning munosabati "O'zbekiston 24" telekanali lavhasida
.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining 28 yilligi arafasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev qutqaruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
-----------
В канун 28-й годовщины со дня образования МЧС Узбекистана  с профессиональным праздником спасателей поздравил  председатель исполнительного комитета Центрального совета Экологической партии Узбекистана Абдушукур Хамзаев.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bugun, 4-mart – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun

Alohida mas’uliyatli kasb egalari bo‘lgan qutqaruvchilar – favqulotda vaziyatlar idoralari xodimlarini tom ma’noda najotkorlar, deb ta’riflash mumkin.

Bu fidoyi, olijanob kasb egalari kerak bo‘lsa, o‘zgalar hayoti, xavfsizligi yo‘lida aziz jonini ham ayamaydi. Kasbga sadoqat, burchga mas’uliyat, jangovor shaylik ular faoliyatining bosh mezonidir.

Mana shu shukuhli kunda tumanimizda fidokorona faoliyat olib borayotgan, xalqimiz tinchligi, osoyishtaligini o‘z halovatidan ustun, deb bilgan
soha xodimlarining mashaqqatli va olijanob ishlarida kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar yor bo‘lsin. Xonadonlaridan tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat arimasin!

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
⚡️e'tirof

Tuman hokimi Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limi xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnatlarini e'tirof etdi.

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, 4-mart-Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun munosabati bilan tumanda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarini tabriklab, ularning sharafli, mashaqqatli va mas’uliyatli kasblariga ulkan zafarlar, xonadonlariga tinchlik-hotirjamlik tiladi.

Ularning favqulodda holatlarda inson hayotini saqlab qolish borasida ko'rsatayogan jasoratlari va matonatlari, turli ko’ngilsiz holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashishdagi xizmatlarini ham alohida ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, sharafli kasb egalariga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alarini topshirdi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube