Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.8K photos
3.15K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Obodonlashtirish

Bahorning ilk kunidan tumanda keng ko'lamli obodonlashtirish va mavsumiy ishlari olib borilmoqda

Qibray tumani hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida "Baytqo‘rg‘on-Chirchiq" yo'nalishidagi fermer va boshqa xo‘jalilklari yer maydonlari atrofida obodonlashtirish, ariq va zovurlar maxsus texnikalar yordamida turli chiqindilardan tozalanib, dala atrofidagi daraxtlarga ishlov berilmoqda.

Shuningdek, dala maydonlarini sug'orishda suvni tejash maqsadida ichki ariq va zovurlar betonlashtirilmoqda

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama

Oliy Majlis deputati yangi qonun loyihasi haqida tushunchalar berdi

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Xodjayeva, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o'tkazilgan uchrashuvda, "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mahallalardagi hokim yordamchilariga qonun loyihasining mazmun-mohiyati va fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarga bo'lgan huquqlarini e'tirof etish orqali ularning ko'p yillik muammolariga yechim topilishi haqida batafsil tushunchalar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aksiya
#telenigoh

Qibray tumani Adliya bo'limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida ko'plab fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatilmoqda


Aksiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#uchrashuv

Oliy Majlis deputatlari Qibrayda xotin-qizlar muammolarini o'rgandi

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra belgilanadi, deb biluvchi partiyamiz deputatlari ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning rolini kuchaytirish yo‘lida kamarbastalik qilib kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari D.Usmonova hamda G.Xudayarovalarning Qibray tumani “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi ham xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish, jamiyat va davlat hayotidagi mavqeini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Manba: O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rasmiy kanali
#hamkorlik

Jahon banki mas'ullari tuman Sanitariya-epidemiologiya bo'limidagi sharoirlar bilan yaqindan tanishdilar

Qibray tumani Sanitariya-epidemiologiya bo'limiga tashrif buyurgan Jahon banki maslahatchilari Olafur Valsson hamda Ilaria Pascoccilar bo'limda yaratilgan sharoitlar va akreditatsiyadan o’tgan zamonaviy laboratoriyalarni ko'zdan kechirib, bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasida ijobiy fikrlarlar bildirildi.

Jahon banki mas'ullari Osiyo davlatlarida "Salomatlik bir" loyihasini rivojlantirish bo'yicha o’rganish ishlari olib bormoqda.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube