Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.61K subscribers
39.6K photos
3.12K videos
60 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

"Tahabbusli byudjet" loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar ko'zdan kechirildi

Qibray tumani prokurori F.Mirzayev, "Fidokor" mahallasida bo'lib, mahallaning ma'muriy binosini ta'mirlash bo'yicha taqdim etilgan loyiha hujjatlari bilan tanishdi.

Mazkur mahalla binosini ta'mirlash uchun 2023 yil "Open budget" loyihasining 2-bosqichida fuqarolar tomonidan 4 ming 261ta ovoz to'planib, go'liblikni qo'lga kiritgan.

Tuman prokurori quruvchilarga ta'mirlash ishlarini o'rnatilgan tartib va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi zarurligini ta'kidlab o'tdi.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#muhokama

Mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi

Qibray tumani prokurori F.Mirzayev, tuman IIB mas’ul xodimlari bilan birgalikda Haydarobod va G’ofur G’ulom mahallalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlarni tahlil qildi.

Mahalla faollari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda, mas’ullar jinoyatchilik va oilalardagi nizolarni oldini olishda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga to’xtalib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Davlat tili – o‘zbek tili. Qonunlarda davlat tili qanchalik himoyalangan? Muhim 7 qoida

​Til – bu har bir xalqning borligi, birligi ramzlaridan hisoblanadi. Davlat mazkur tilining rivojlanishi, uning ommalashishi uchun muayyan huquqiy mexanizmlarni belgilaydi.
Hudud24.uz o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlaydigan huquqiy normalar haqida ma'lumot beradi.

Batafsil
👉 https://hudud24.uz/?p=71341112348

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taʼlim

Qibray tumani 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom" mavzusida o'tkazilgan tadbir tafsilotlari “Nurafshon TV” telekanali lavhasida.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Obodonlashtirish

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Qibray tumani "Baytqo‘rg‘on" hududida tuman yo’lsozlari va Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.

Markaziy yo’l chekkalari tekislanib, chiqindilardan tozalanmoqda.

✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Havoning ifloslanishida mazutning “aybi” yo‘q

Joriy yil 2-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotgani aniqlandi” sarlavhali maqolasi e’lon qilingandi.

Maqolada “Tekshiruv davomida korxonada (“Toshkent IES” nazarda tutilmoqda) gaz asosiy yoqilg‘i hisoblangani, shuningdek, qo‘shimcha yoqilg‘i sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan”, deya alohida ta’kidlangan va shu bilan Toshkent shahrining havosi yomonlashib, PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdorining keskin oshib ketishi aynan mazkur korxonada mazut yoqilishi tufayli ro‘y bergandek taassurot uyg‘otilgandi.

Aytish joizki, Toshkent viloyati hamda poytaxt hududida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga qarashli 11 ta issiqlik elektr stansiyasi va issiqlik markazlari mavjud bo‘lib, shundan 6 tasida (Toshkent viloyatida joylashgan "Toshkent IES", Toshkent shahrida joylashgan 3 – 5, 9 – 10 issiqlik markazlari) chindan ham kunning tig‘iz vaqtlarida, tabiiy gaz ta’minotida bosim pasaygan paytda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr hamda issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida zaxira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalaniladi.

Mazut yoqilg‘isining ishlatilishi jarayoni esa qonunchilikda belgilangan tarzda barcha mas’ul idoralar, xususan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan ham kelishilgan tartibda yo‘lga qo‘yilgan.

Stansiyada mazut yoqilishi natijasida atmosferaga zararli moddalarning chiqishini kamaytirish maqsadida belgilangan texnik parametrlarga mos keluvchi filtrlar o‘rnatilgan. Kelgusida barcha issiqlik elektr stansiyalariga yoqilg‘idan chiqayotgan zararli moddalarni 95 foizgacha kamaytirib beradigan qo‘shimcha filtrlarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatda stansiyada mazut yoqilishi texnologiyasi hamda undan chiqadigan zararli moddalar hisob-kitoblari keltirilgan. Ushbu hujjat talablariga ko‘ra, korxonada havoga tashlanayotgan moddalar belgilangan me’yor talablaridan hech qachon oshmagan.

Xususan, “Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotgani aniqlandi” sarlavhali maqola e’lon qilingan 2-fevral kuni yuqoridagi korxonalarda zaxira yoqilg‘isining maksimal sarfi sutkasiga 5 ming 17 tonnani tashkil etgan bo‘lib, o‘sha kuni atmosfera havosidagi RM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 35,1mkg/m3ni tashkil qilgan. Bu esa JSST tavsiyalaridan 7 barobar yuqori edi.

Bugun, 13 fevral soat 16:00 ga qadar yuqorida qayd etilgan korxonalar tomonidan 600 tonna mazut yoqilgan. Ammo shunga qaramay bugun soat 14:10 holatiga ko‘ra, poytaxt havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu “o‘ta zararli” hisoblanadi va JSST tavsiyalaridan 32,4 marta ko‘proq.

Ushbu miqdor Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 3-o‘ringa chiqishini ta’minlab berdi.

Bu esa poytaxt havosining ifloslanishida mazutning zarracha ham hissasi yo‘qligini, issiqlik elektr stansiyalarida ushbu yoqilg‘i Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishilgan me’yoriy talablar asosida yoqilayotganini yana bir karra isbotlaydi.

Atrof-muhitni asrash masalasi esa barchamizning, jumladan, Energetika vazirligi tizim tashkilotlari, issiqlik elektr stansiyalari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada so‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar hamda tashvishlar bizni ham o‘z ishimizga yanada mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga da’vat qiladi.

Shuning uchun birgina “Toshkent IES”da havoga tashlanayotgan moddalar zararini kamaytirish, ekologik muvozanatni saqlash maqsadida 2023-yil davomida 10 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. Va bu kabi ishlar bugun barcha yoqilg‘i-energetika korxonalari tomonidan izchil olib borilmoqda.


Manba: “Toshkent IES” AJ Matbuot xizmati
#jarayon

Qibray tumanidagi fermer xo'jaliklariga tegishli yer maydonlarini sug'orishda ariq suvlarini tejash maqsadida ichki ariq va zovurlarni betonlashtirish jarayonlari davom etmoqda.

Tuman hokimi Muzaffar Rashidov, markaziy Qoramurt ko’chasi atrofidagi fermer xo’jaliklari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirib, qo’shimcha taklif va tavsiyalar berdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/