Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
39.8K photos
3.14K videos
60 files
13K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#sessiya

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashinig 6-chaqiriq, LXIX-sessiyasi davomida Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi raisi Muzaffar Rashidov va deputatlar tomonidan hisobot beruvchilarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan qo‘shimcha savol va taklif hamda tavsiyalar berildi.

Sessiya yakunida, kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Muhim_sana

Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.

Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.

Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.

Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.

Bugun oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, ulugʻ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi. Sheʼriyat mulkining sultoni 1441-yilning 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahri Bog‘i Davlatxona mavzesida tavallud topgan.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#diqqat
#bildirish

"Toshkent suv ta'minoti" MChJ Qibray tuman filiali sizga shuni ma'lum qiladi:

Qibray tumani Zebuniso mahallasida ichimlik suv quvurida yirik nosozlik (avariya) yuzaga kelganligi sababli, nosozlik bartaraf etilgunga qadar, Iftixor va Zebuniso, mahallalarda ichimlik suv ta'minotida uzilish va bosim pasayish holatlari kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun "Toshkent suv ta'minoti" MChJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

☎️Murojaat uchun dispetcherlik xizmati:(77) 100-02-38, (1255)


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Navoiyxonlik

9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan Qibray tumanida joylashgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar uyida o’tkazilgan tadbir, bolajonlarga shirin xotiralar bilan muhrlandi.

Bolalar uyi tarbiyachi-pedagoglari boshchiligida sahnalashtirilgan tadbirda, imkoniyati cheklangan bolajonlar tomonidan Navoiy she’rlari ijro etilib, ular ishtirokida sahnaviy chiqishlar namoyish etildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Расмий
#билдириш

Ҳарбий бўлишни ният қилган ёшларни мулоқотга таклиф қиламан!

Ҳурматли ёшлар! Сизнинг ҳарбий хизматчи бўлиш, Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари сафида хизмат қилиш ниятингизга кимлар ёки қандай омиллар тўсиқ бўлмоқда? Баъзида ҳарбий хизматга боришнинг қинғир йўллари, усуллари ҳақида гаплар қулоққа чалиняпти. Шу масала ҳақида сизнинг дангал фикрингиз, аниқ таклифларингизни кутаман.

Мен Ватанимиз ҳимоячиси бўлишни ният қилган мард ва жасур йигитлар билан очиқ мулоқотга тайёрман. Ҳурматли ота-оналар, сиз фарзандингизни армияга юборишда қандай тўсиққа дуч келдингиз? Келинг, шу ҳақида очиқчасига гаплашамиз.

Бугун бўлиб ўтган ҳарбий-маъмурий сектор йиғилишида мазкур масалага оид дастлабки, хулоса ва фикрлар, шунингдек,  мутасаддиларнинг изоҳларини эшитдим. Асосий ишларимиз ҳали олдинда. Жорий йил 17 февраль куни шу масала бўйича ота-оналар ҳамда ёшлар билан учрашиш, мулоқот қилишни режалаштирдим.

Ҳарбий бўлишни орзу қилган, ноаниқ сабабларга кўра армияга боролмаётган Тошкент вилояти ёшларини, ота-оналарни бу учрашувга таклиф қиламан.  Мулоқот 17 февраль куни 10:00 да Нурафшон шаҳридаги "Нурафшон бизнес сити" дирекцияси биносида бошланади.

Мулоқотда қатнашинг, фикр ва таклифларингизни билдиринг.

Зойир Мирзаев,
Тошкент вилояти ҳокими


Рўйхатдан ўтиш учун телефонлар:
71 232 80 49
99 766 79 09
99 306 30 10

📱
Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube | 📱 Facebook  | Telegram