Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.63K subscribers
39.6K photos
3.1K videos
59 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#Ochiq_muloqot #Onlayn

Ayni damda "Nurafshon"  telekanalida "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori bilan to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Muloqotda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar boʻyicha o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Tanlov

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng na'munali mahalla yetakchisi” tanlovining viloyat  bosqichi o‘tkazildi.

Unda mazkur tanlovning tuman hamda shahar bosqichida saralangan jami 220 nafar yetakchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yoshlar markazi atrofiga ko‘chatlar ekildi hamda “Osh chempionati” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov yakunida g‘oliblarga  faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari, shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tomonidan yuborilgan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#open_budget

"Бунёдкорда" бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда

Айни дамда, "Ташаббусли бюджет" лойиҳасининг 2-мавсумида ғолибликни қўлга киритиган Бунёдкор маҳалласида (1 млрд 2300 млн сўмлик) қурилиш ишлари бошланиб, Фитрат ва Ибн Сино кўчаларининг 2.5кмга яқин масофасини асфалтлаштириш ва 2300 метр саломатлик йўлакчасини барпо этиш бўйича амалий ишлар олиб борилмоқда.

Шунингдек, маҳалла раисининг ташаббуси ва ҳомийларнинг кўмаги билан кўча четларига бетон ариқлар ва 700 метр ичимлик сув қувурлари ўрнатилмоқда.

Маълумот ўрнида, лойиҳанинг 2 мавсумида туман бюджетидан 7 млрд 847 млн сўм ажратилган бўлиб
, энг кўп овоз ТошДАУ (6583 та ) кейинги ўринларда, ТошДАУ қошидаги Академик лицей (5330), Гулистон МФЙ (4447) Астрахан давлат техника университети Тошкент вилоят филиали (4305) Фидокор МФЙ (4261) ва Бунёдкор МФЙ (4252та) овоз тўплаб ғолиб бўлган.

✍️ Қибрай тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/