Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#sayyor_qabul

Tuman hokimi: Aholining yo‘nalishli transport qatnovi bilan bog‘liq muammolarini hal etish oldimizga qo‘ygan birlamchi vazifalarimizdan biri.

Ma'lumki, Qibray tuman sektor rahbarlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish va ularni tizimli ravishda bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida avvaldan belgilangan reja asosida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Jumladan,
tuman hokimi M.Mirkasimov, tuman IIB boshlig‘i I.Rashidov, DSI rahbari Sh.Xalmatov va Adliya bo‘limi mas'uli "Yangi hayot" mahalla fuqarolari bilan uchrashib, aholining ko‘plab sohalardagi murojaatlarini tegishli mutasaddilar bilan birgalikda muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, qabul davomida aholining transport qatnovini yaxshilash bo‘yicha murojaatlarni ijobiy hal etish uchun mas'ullarga vazifalar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/‌‌
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қирғизистоннинг Чўлпонота шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистана Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Чолпон-Ату Кыргызстана.

#Mirziyoyev #tashrif #sammit #MarkaziyOsiyo #YI

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Эксперт_фикри

САЙЛОВ БЮЛЛЕТЕНИ ҲАҚИДА НИМАЛАРНИ БИЛИШ КЕРАК?

📌Таниқли давлат ва сиёсат арбоби, АҚШнинг 16-президенти Авраам Линколн “Сайлов бюллетени ўқдан кучли” деб ҳақли равишда таъкидлаган эди. Бу эса демократияга асосланган сайлов жараёнларининг жамият ва давлат муаммоларини зўравонлик билан ҳал этиш усулларидан устунлигини таъкидлайди.

🔰Мутахассислар сайлов амалиётида энг муҳим расмий ҳужжатлардан бири сифатида сайлов бюллетенининг алоҳида аҳамиятини таъкидлайдилар. Сайлов бюллетенида ҳар бир фуқаронинг танлови ўз ифодасини топади.

🔗 Батафсил

✍️ Югай Людмила Юрьевна,
эксперт, юридик фанлар доктори

@olimlar_minbari
#jarayon

Sektor rahbarlari ko'prik qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar

🔰Ma'lumki, Prezidentimizning “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Qibray tumanidagi "Ahillik" mahallasidagi "Bo'z suv" kanali ustidan o'tuvchi ko'prikda qurilish-ta'mirlash ishlari olib birilmoqda.

Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov, IIB va DSI boshliqlari I.Rashidov hamda Sh.Xalmatovlar
qurilish ishlari bilan tanishib, quruvchilarga jarayonlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash zarurligi aytib o‘tildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
Qo'shma bayonot

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) va Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Jahon miqyosida va Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya islohotini qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi tashkilotlar sifatida ishonchimiz komilki, bu Oʻzbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambagʻallik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek Oʻzbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

XMT, UNICEF va Jahon banki mamlakatda barchaning manfaati yoʻlida ijtimoiy himoyani rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumatini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

Bayonotni to'liq matni bilan tanishish uchun havola: https://bit.ly/3oHOLBK