Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.6K subscribers
39.6K photos
3.12K videos
60 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#sayyor_qabul

Tuman hokimi: Jamiyatning kichik bo'g'ini bo'lgan mahallalarning rivojlanishi va olib borilayotgan islohotlarni mahalallarda ham davom ettirishda mahalladagi beshlik muhim o‘rin tutadi

Bugun, Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov, tuman prokurori S.Salixov,IIB boshlig‘i I.Rashidov, DSI rahbari Sh.Xalmatov va Adliya bo‘limi boshlig‘i birgalikda "Darxan" mahalla fuqarolari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tegishli mas'ullar bilan muhokama qildilar.

🔸Ochiq va samimy ruhda o‘tgan muloqot davomida, yo‘l ta'miri, ijtimoiy soha obyekti qurilishi, tibbiy xizmat va kommunal sohadagi kamchiliklar yuzasidan murojaatlar o‘rganilib, ijrochilarga vazifa va topshiriqlar berildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
#тадбир

Қибрай туманидаги 30-умумий ўрта таълим мактабида Ўзбекистон Мудофаа вазирлиги билан ҳамкорликда 1- июн Халкаро Болаларни ҳимоя килиш куни муносабати билан “Янги Ўзбекистоннинг бахтли болалари” шиори остида маданий-маърифий ва спорт тадбири ташкил этилди.

Тадбирда Президентимизнинг бешта муҳим ташаббусини илгари сурган ҳолда ўқувчи ёшларни саънатга, китобхонликка, спортга қизиқишларини ошириш мақсадида саҳна меҳмонлар томонидан тайёрланган саҳна кўринишлари намойиш этилди, спорт мусобақалари ташкил этилди.

Тадбирда ҳарбий қисм хизматчилари ва 30-умумтаълим мактабининг ўқувчи ва ўқитувчилар жамоалари футбол ҳамда волейбол спорт тури бўйича беллашган бўлсалар, саънаткорлар томонидан ижро этилган куй ва қўшиқлар устозлар ҳамда ўқувчиларнинг дилларини шод этди.

✍️ Қибрай тумани ҳокимлиги Aхборот хизмати

/telegram/ facebook/ Instagram/
#Prezident_maktablari
#Qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT, E'LON!

❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul

Hokim o‘rinbosarlari boshchiligida "Madaniyat" mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qibray tumani hokimi o'rinbosarlari B.Yusupxanov, K.Inoyatov va M.Buriyevalar mahalla fuqarolari bilan uchrashib, ularning muammo va murojaatlarini mas'ullar bilan birgalikda o‘rgandilar.

🔹Xususan, elektr simyog‘ochlarni yangilash, tungi yoritgichlar o‘rnatish, yo‘l ta'miri va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ijrosini ta'minlash uchun mas'ullar biriktirilidi.


✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/