Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.54K subscribers
40.2K photos
3.19K videos
60 files
13.2K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

☑️Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

📌Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

🛑Hurmatli fuqarolar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Наримон Ражабов, Тошкент давлат юридик университети профессори:

— Энг муҳим масалалардан бири инсон соғлиғи-саломатлигидир. Шундай экан, янгиланаётган Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 49-моддасида янги киритилди, яъни ҳар ким қулай атроф-муҳитга эга бўлиш, ҳар ким атроф-муҳит тўғрисида ишончли ахборотларни олиш ҳуқуқига эга. Ушбу норма амалдаги Конституцияда йўқ. Агар сиз қулай атроф-муҳитда яшаш ҳуқуқингиз таъминлашини истасангиз, унда албатта, 30 апрелда бўлиб ўтадиган конституциявий ўзгаришлар бўйича референдумда иштирок этинг.

@menbefarqemasman
Президент Шавкат Мирзиёев Фаластин, Япония, Қатар, Словакия ва Покистоннинг мамлакатимиздаги янги элчиларидан ишонч ёрлиқларини қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял верительные грамоты у вновь назначенных в нашу страну послов Палестины, Японии, Катара, Словакии и Пакистана.

#Mirziyoyev #qabul #elchilar #Falastin #Yaponiya #Qatar #Slovakiya #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ёшлар сиёсати соҳасидаги ишлар натижадорлигини ошириш ҳамда улар билан ишлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Nargiza Begmatova, Yoshlar ishlari agentligi Qibray tuman boʻlimi shoʻba mudiri:

— Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 79-moddasida biz yoshlarning huquqlarini himoya qilish, oʻz ustimizda ishlashimiz uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzgarishlar oʻz aksini topgan.
Men yurtimizda sodir boʻlayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy oʻzgarishlarga befarq emasman! 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda yoshlarimizni faol qatnashishga chorlayman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Шоҳида Ибрагимова, тадбиркор, бизнес-тренер:

— Мен бир нечта бизнеслар асосчисиман ва бу соҳада 13 йиллик тажрибага эгаман. Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимда аудиториянинг асосий қисмини аёллар ташкил этади. Молиявий саводхонлик бўйича олиб бораётган дарсларимдан билдимки, аёлларнинг таълим олишида тўсқинликлар бор: турмуш ўртоғи, қайнона, қайнотаси, ота-онаси ўқишига рухсат бермайди. "Қиз болага ўқишнинг кераги йўқ, мактабни тамомласанг бўлди, турмушга берамиз", дейишади. Ваҳоланки, бу унинг ҳуқуқи. Янги Конституцияда ҳам бу ҳуқуқ мустаҳкамлаб қўйилмоқда. Мен аёлларнинг таълим олишига бефарқ эмасман!

@menbefarqemasman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Bahodir Husanov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori:

— Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi xalqimiz farovonligini taʼminlaydigan huquqiy asosdir va inson manfaati uchun, qadri uchun, uni huquqiy kafolatlash uchun xizmat qiladi.
Konstitutsiyaga toʻrtta yangi modda qoʻshilayaptiki, bunda taʼlimning barcha shakllari — maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim qamrab olingan. Ayniqsa, hozirgi paytda nogironligi boʻlib, maktab taʼlimini ololmaydiganlarga yaratilayotgan sharoit katta yutuq hisoblanadi.
Men shaxsan 30-aprel kuni boʻladigan referendumda faol qatnashaman va bu referendumga befarq emasman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qibray tumanida ko'chma savdo uchun yangi savdo joylari yo'l yoqasida!

🟢
Boyjigit MFY (ko'rish)
🟢 Farovon MFY (ko'rish)
🟢 Fidokor MFY (ko'rish)
🟢 Gesqodriya MFY (ko'rish)
🟢 O'nqo'rg'on MFY (ko'rish)

Hamda boshqa ko'chma savdo joylarini havola orqali👉 ko'ring

Boshlang'ich narx: 300 000 so'mdan boshlanadi;
Savdoda qatnashish uchun garov miqdori: 45 000 so'mni tashkil etadi;

Ariza qabul qilish oxirgi muddati:
04.05.2023 09:00;
Mas'ul xodimlar bilan bog'lanish:
☎️ 97 330-10-09
99 852-24-27
Eslatma: Ushbu lot bo‘yicha savdoda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar (har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin).
Telegram |Insatagram|Facebook
#sport

Tumanda DXX kubogi uchun musobaqalarga start berildi

Ma'lumki, yurtimizdagi barcha mahalla yoshlari o‘rtasida Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.

⚽️Jumladan tuman yoshlarini ham ushbu musobaqa bosh sovrini uchun muvaffaqqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida sektorlar hududida joylashgan 68 ta mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobasining tuman saralash bosqichiga start berildi.

🔹Tumandagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi o‘yingohida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida, tuman hokimi M.Mirkasimov
va tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etib, yosh sportchilarga ushbu bahslarda muvaffaqiyat tiladilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/