Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.54K subscribers
40.1K photos
3.17K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#jarayon

Tumandagi mahalla va ko'chalarda hasharlar davom etmoqda

Qibray tumanida o'tkazilayotgan hashalarda mahallalar bilan birga, korxona-tashkilotlarda ham olib borilayotgan obodonlashstirish ishlari davomida ko'cha va ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda.

🔹Azal-azaldan bahor faslini xalqimiz obodonlashtirsh va ko'kalamzorlashtirish fasli deya e'tirof etib keladi. An'analarimizga uyg'un holda uyushtirilayotgan hasharlarda yoshu-qari birdek o'z hissasini qo'shishga harakat qilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#tashabbus

Nuroniylar mahallalarda olib borilayotgan obobdonlashtirish ishlarini ko'zdan keshirmoqdalar

Jumladan, Qibray tuman nuroniylari va faxriylaridan iborat tashabbuskor guruh a'zolari mahallalardagi ichki ko'chalar va qabristonlarni obod qilish, toza va ozoda saqlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar.

❇️ Shuningdek, boy tajriba va hayot sinovlaridan o'tgan keksa-nuroniylar mahallalardagi maslahat guruhi vakillariga unutilib borayotgan milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarlarimizni yana bir yodga solib, fuqarolar orasida shukronalik hissini oshirish kabi muhim ishlar yuzasidan o'gitlar bermoqdalar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#o‘rganish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati murojaatlarni o‘rgandi

❇️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.Usmanova Qibray tumani hokimi o'rinbosari M.Buriyeva hamrohligida tuman tibbiyot birlashmasi rahbarlari bilan uchrashib, tuman aholisining murojaat va muammolarini o‘rgandilar.

🔹Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolari mutaxassislar bilan birgalikda muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma - Qurilish sohasidagi muammolarni o'rganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Bugungi xabarlarimiz orqali mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘Qurilish boshqarmasi. Hududlardagi obyektlar loyiha tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, qurilish sohasidagi yetakchi ekspertlar tomonidan tahliliy oʻrganilmoqda.

🔘Statistika boshqarmasi. 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Nurafshon shahrida jami 621,1 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻsish surʼati 2022- yilning mos davriga nisbatan 101,7 foizni tashkil etdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi U. Atemov “Jumabozor” va “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻinida mutasaddi rahbarlar bilan uchrashib, mahallani obodonlashtirish masalalari yuzasidan muloqot qildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408 sonli qaroriga asosan Yangiyoʻl shahrining mahallalarida ham qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Qibray tumani. Sektor rahbarlari tashabbusi bilan tashkillashtirilgan hasharda “Haydarobod” mahallasidagi koʻp qavatli uylar atrofi tozalanib, obodonlashtirildi.

🔘Angren shahri. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli qarori asosida Angren shahridagi 39 ta obyektda kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayapti.

🔘Chirchiq shahri. “Guliston” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli Qarori ijrosi yuzasidan boshlangan ishlar tobora koʻlam kasb etmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#trening

Musiqiy ta'lim bola tarbiyasi va ularning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

🔹Qibray tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan 47-maktabgacha ta'lim tashkilotida, mutaxassislar ishtirokida ta'lim maskanlaridagi musiqa rahbari va xoreograflari uchun "Jamoaviy musiqiy o‘yinlar" mavzusida trening o‘tkazildi.

🎞Seminar davomida ishtirokchilar o‘z faoliyatlariga oid ko‘plab yangiliklarga ega bo‘ldilar.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sumalak_sayili

♻️Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi va Qibray tuman hamkorligida o‘tkazilayotgan sumalak sayilining bu galgi mezbonligi "Zafarobod" hududidagi mahallalarga berildi.

🔸
Bugun, tuman xotin-qizlar bo‘limi tashkilotchiligida "Po‘lat Qadam" mahallasida xotin-qizlar faollari bilan sumalak sayili o‘tkazilmoqda.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#sumalak_sayili

Tuman hokimi sumalak sayili bahonasida xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi

"Zafarobod" hududidagi mahallalar hamkorligida o‘tkazilayotgan sumalak sayilida Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov ham ishtirok etib, bir piyola choy ustida xotin-qizlar bilan dildan suhbatlashdi.

🔹Avvalo ularni yaqinlashib kelayotgan yosharish faslining ilk bayrami, 8-mart Xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga sog‘lik-salomatlik tiladi.

🔸Tuman hokimi, hozirda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida to‘xtalib, kelgusida ham ularni yanada qo‘llab-quvvatlashda barcha imkoniyatlar ishga solinishini aytib, nuroniylarning duolarini oldi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/