Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.56K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Андижон вилоятига ташрифи Бўстон туманидан бошланди. Бу ерда давлат раҳбари “Сайёра фаввораси” масъулияти чекланган жамияти томонидан ишга туширилган тўқимачилик корхонаси билан танишди.

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Андижанскую область началась с Бустанского района. Здесь глава государства ознакомился с текстильным предприятием общества с ограниченной ответственностью «Сайёра фаввораси».

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#qabul

Fuqaroning murojaati tuman hokimi boshchiligida muhokama qilindi

Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov fuqaroning uy-joy qurilishida yuzaga kelgan muammolari yuzasidan yo‘llagan murojaatini tegishli mas'ullar bilan birgalikda atroflicha o'rgandi.

🔹Tuman hokimi fuqaroga belgilangan tartibda amaliy yordam ko'rsatish va hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatma berdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳрихон туманидаги “Elegant shoes and” корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия “Elegant shoes and” в Шахриханском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Фарғона водийси вилоятларида электрга талаб 40 фоизга кўпайган, – Президент

Айни вақтда Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Янги Андижон массивидаги “Ипотека маркази”да муқобил энергетикани ривожлантириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

📍https://uza.uz/posts/450242

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Водий вилоятларида 160 Мегаваттли қуёш панеллари ва 100 та микро ГЭСлар қурилади

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Янги Андижон массивидаги “Ипотека маркази”да муқобил энергетикани ривожлантириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

📍https://uza.uz/posts/450250

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Energetika vazirligi: 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

Xabar berganimizdek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Manba

https://t.iss.one/AOKBToshvil