Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.6K subscribers
39.6K photos
3.12K videos
60 files
12.9K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#sayyor_qabul

Sektor rahbari aholi vakillarining muammolarini o‘rgandi

🔹Qibray tuman prokurori S.Salixov
, 2-sektor hududidagi "Shodlik" mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sektor rahbari, qabulda ishtirok etgan 13 nafar aholi vakillarining ichimlik suvi quvurlaridagi nosozliklarni bartaraf etish,simyog‘ochlarni almashtirish, mahalladagi 1-IDUMga yaqin hududga yo'l belgilarini o‘rnatish va boshqa kommunal sohadagi murojaatlarini tinglab, muammolarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar berildi.

📌Farzandining muddatli harbiy xizmatini o‘tash uchun imtiyozdan foydalanib mablag‘ ajratilishida yordam so‘ragan fuqaroga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatish uchun yoshlar yetakchisiga topshiriq berildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati
#bildirish

Qibray tumani Elektr tarmoqlari korxonasi ma'lum qiladi.

⚡️Qibray TETK tasarrufidagi F
.Issiqxonada daraxt kesilishi sababli "Darxan" mahallasida ertaga,12 oktyabr kuni soat 7:00dan 12:00 gacha elektr ta'minotida uzilish bo‘ladi.

Dispetcherlik xizmati tel:
☎️70/202-07-15; 95/194-03-82.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Qibray TETK uzr so‘raydi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#LIVE

⚡️⚡️⚡️ Toshkent viloyati IIBB xodimi Muzaffarbek To‘raboyev Jahon chempionati finalida

Birozdan so‘ng Dzyudo bo‘yicha 35-Jahon chempionatida Erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To‘raboyev kanadalik raqibi Kayl Rays bilan bahs olib boradi.

To‘gridan tog‘ri efirni ushbu havola orqali tomosha qiling👉 https://www.uztv.tv/channels/sport

Maʼlumot o‘rnida, M.To‘raboyev Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryatida xizmat qilib keladi. To‘raboyevga omad tilab qolamiz!

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Ҳар бир маҳалла ўзининг муаммосини мустақил ҳал этиши учун келгуси йилдан “Маҳалла бюджети” тизими жорий этилиши айтилди.

Келгуси йил 1 январдан бошлаб ҳар бир вилоятнинг биттадан туманида тажриба тариқасида аҳолининг мол-мулк ва ер солиғини ундириш маҳалланинг ўзига ўтказилади. Бунда:

- ундирилган мол-мулк ва ер солиғи маҳалла бюджетида қолади;

- ҳар йили 1 февралга қадар ҳокимлар маҳалла раиси ва ҳоким ёрдамчилари билан бирга маҳалла бюджети ҳисобидан ҳал қилинадиган лойиҳалар рўйхатини туман Кенгашларига тасдиқлаш учун киритади;

- келгуси йил якунида ушбу тажриба барча ҳудудларда жорий қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасининг бориши ҳам кўриб чиқилди.

“Яшил макон” доирасида йил якунига қадар 75 миллион дона ва 2023 йил баҳор ойларида яна 125 миллион дона мевали ва манзарали кўчатлар экиш вазифаси қўйилди.

Ўтган йилги тажрибадан келиб чиқиб, 20 октябрдан 1 декабргача кўчат экиш бўйича долзарб 40 кунлик эълон қилинади.

Аҳоли хонадонларида ва дала четларида кўпроқ мевали дарахтлар ва сабзавот экишни фаол тарғиб қилиши кераклиги таъкидланди.

Дарахт ҳавас билан экилиши, халқимиз, маҳаллаларимизнинг маданиятига айланиши лозим”, деди Президент.

Вилоят ҳокимларига куз мавсумида кам таъминланган 500 минг хонадонга 10 тупдан мевали дарахтлар кўчатини бепул тарқатиш топширилди.

Йиғилиш якунида мутасаддиларнинг ҳисоботи ва таклифлари эшитилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#jarayon

Tumandagi asosiy umumfoydalanuv yo'llaridan birini kapital ta'mirlash ishlari boshlandi

🛣Qibray tumani aholisining ko‘plab murojaatlariga sabab bo‘lib kelgan, Guliston-O‘nqo‘rg‘on-Chinobod yo‘nalishining 6-12-kilometrlarida 4K699 umumfodalanuvdagi markaziy ko‘chani ta'mirlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar "Karvon yo‘l" MChJ tomonidan olib borilmoqda.

Xususan,Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari evaziga, "Yangiyo'l" mahallasidan "Chinobod" mahallasigacha (xalq tilida gilam bozor) bo‘lgan 6km masofada (aholi yashash punktlari) yo'l chetlariga beton ariqlar o‘rnatilib, markaziy ko'chani to'liq asfaltlashtirish rejalashtirilgan.

🚧Shunigdek, mazkur bank mablag‘lari hisobidan 4К694 May-Баgish(eski YPX postidan bojxona postiga qadar) yo‘nalishi bo‘yicha 13 km markaziy yo‘lga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari davom etmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/
#uchrashuv

Mahalladagi uchlik oldidagi vazifalar muhokama qilindi

Mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini rivojlantirish,aholi turmush tarzini yaxshilash hamda xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolarni hal etishda mahalla raislari,hokim yordamchilari va xotin-qizlarning hamjihatlikda ishlarni tashkil qilishiga bevosita bog‘liq.

Qibray tuman IIB boshlig‘i I.Rashidov,3-sektor hududidagi mahalla raislari,hokim yordamchilari va xotin-qizlari bilan uchrashib,uchlik tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan qisqacha hisobotlarini tingladi.

Sektor rahbari, aholi farovonligi yo'lida olib borilaytgan hamkorlikdagi ishlarni yanada rivojlantirish,fuqarolarning muammolarini o‘rganish,ularning turmush tarzini yaxshilash borasida e'tibor qaratilishi zarur vazifalarni muhokama qildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Шавкат Мирзиёев Остонада «мулоқот форуми»да нутқ сўзлайди

Президент Шавкат Мирзиёев 13-14 октябрь кунлари Остонада ўтказиладиган халқаро саммитларда иштирок этади.

Улардан бири, Осиёда ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича кенгаш саммити — минтақа мамлакатлари ўртасида «мулоқот форуми» сифатида танилган. Унинг асосий мақсади — Осиёда тинчлик, хавфсизлик ва барқарорликни таъминлаш бўйича ҳамкорликни кенгайтириш, гиёҳвандлик воситаларининг ноқонуний ишлаб чиқарилиши ва айланишига қарши курашиш, савдо-иқтисодий ҳамкорликни кенгайтиришдан иборат.

Кимлар қатнашмоқда?

Бу саммит — Осиё минтақасининг деярли барча давлат ёки ҳукумат раҳбарлари иштирок этаётгани инобатга олинса, халқаро ҳамкорликни кенгайтириш бўйича ноёб мулоқот майдони эканини англаш мумкин.

Бугунга қадар 51та делегация раҳбарлари саммитда иштирок этишини тасдиқлаган. Уларнинг 12 нафари давлат раҳбарларидир.

Хусусан, Ўзбекистон, Туркия, Озарбайжон, Россия, Ироқ, Эрон, Қатар, Фаластин каби мамлакатлар президентлари саммитда қатнашади. Марказий Осиё минтақасидан эса фақатгина Афғонистон иштирок этмаяпти.