Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.82K subscribers
43.7K photos
3.5K videos
66 files
14.3K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
#tibbiy_ko'rik

Mahallardagi xotin-qizlarninig salomatligi tekshiruvdan o'tkazildi

♻️Qibray tuman hokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan "Sohibkor" mahallasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

🚑Tuman tibbiyot birlashmasining 12 nafar tor doiradagi mutaxassislari (nevropatolog,jarroh,ko'z shifokori,LOR,EKG,UZI, ginekolog,endokrinolog,terapevt,pediatr,kardiolog) 2-sektor hududidagi 16 ta mahalladan jami 320 nafar xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib, ularga zarur tavsiya va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.Ulardan 67 nafari ambulator va 14 nafariga stasionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.

🌡Shuningdek, xotin-qizlarni kassalliklari bo'yicha guruhlarga ajratish maqsadida shu yerninig o'zida ulardan qon tahlillari olindi.Bu kabi tibbiy ko'riklarni tumandagi barcha sektorlarda o'tkazish rejalashtirilgan.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#sayyor_qabul

Xotin-qizlarninig muammolari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'rganildi

Bugunning o'zida, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari M.Bo‘rieva,tuman prokuraturasi, tuman IIB bo‘limi,tuman Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo‘limi, tuman bandlikka ko'maklashish markazi mas'ullari ishtirokida xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish maqsadida "Sohibkor" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Sayyor qabul davomida ularning taklif va muammolari o‘rganilib, 25 nafar salomatligida muammosi bo'lgan xotin-qizlarga tibbiy tekshiruv tayinlandi.Shuningdek, Ishsiz xotin-qizlardan 10 nafarining bandligi ta'minlandi. Uy-joy ta'miriga muhtoj xotin-qizlarga amaliy yordam ko'rsatish uchun tegishli tartibda ro'yxatga olindi.

⚖️Oilaviy muammolar hamda turli tazyiq va zo'ravonliklarga uchragan xotin-qizlarga yordam ko'rsatish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratiga olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#sayyor_qabul

Sektor rahbari fuqarolarning xonadonidagi sharoitlar bilan tanishdi

🔹Qibray tuman prokurori S.Salixov 2-sektor hududidagi "Nurafshon" mahalla binosida fuqarolarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sektor rahbari, fuqarolarning uy-joyni ta'mirlash,kommunal sohadagi muommalar,moddiy yordam ajratish va markaziy kochalarga yo‘l belgilarini o‘rnatish kabi murojaatlarini atroflicha o‘rganib, fuqaralorga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar berildi.

📌Shuningdek, tuman prokurori mutasaddilar bilan birgalikda ayrim fuqarolarning xonadoniga borib, ularning turmush tarzi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va ta'mirga muhtoj xonadonni ta'mirlash bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
Сайхунобод туманида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Сирдарё вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Халқчил Конституцияни яратиш учун шошилмаслик керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#qabul

Fuqarolarning murojaatlari ishchi guruh tomonidan o'rganilmoqda

Qibray tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X.Bekmurodov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi bo‘lim va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida fuqarolarning qabuli bo‘lib o‘tdi.

📌Fuqarolarning ko‘p qavatli uy-joy qurilishi, moddiy yordam, kadastr, kommunal yo‘nalishdagi murojaatlari barcha tegishli mas'ullar ishtirokida atroflicha o‘rganildi va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

🔹Shuningdek, murojaatlarga bugunning o‘zida yechim topish maqsadida hokim o‘rinbosarlari va tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i boshchiligida ishchi guruh tuzilib, joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/