Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
3.55K subscribers
40K photos
3.16K videos
60 files
13.1K links
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Download Telegram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарё вилоятига ташриф буюради.

Ташриф давомида қишлоқ хўжалигидаги ишлар ва тўқимачилик корхоналари фаолияти билан танишиш, вилоятни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш йўналишларини белгилаш режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.

В ходе поездки планируется ознакомиться с проводимой в сельском хозяйстве работой и деятельностью текстильных предприятий, определить направления социально-экономического развития региона.

Facebook|Instagram|Twitter
#e'lon

Hurmatli tuman fuqarolari!

Ma'lumki, "Toshkent-1" GTSHda aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Qibray tumanidagi aksariyat mahallalarda gaz ta'minoti to'xtatilgan edi.
Bugun,ta'mirlash ishlari yakunlanishi bilan aholiga gaz yetkazib berish qayta tiklandi.

Biroq,aholi tomonidan gaz bosimi pastligi hamda "Obod" va "Guliston" mahallalarining ayrim ko'chalarida gaz ta'minoti tiklanmaganligi to'g'risida haqli e'tirozlar bo'lmoqda.

Qibraytumagaz korxonasi,gaz quvurlaridagi bosim kun davomida asta-sekinlik bilan ko'tarilishini va "Obod" va "Guliston" mahallalarining ayrim ko'chalaridagi gaz quvurlarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish hamda aholiga gaz yetkazib berish maqsadida tezkor guruh tomonidan zarur choralar ko'rilayotganligini ma'lum qiladi.

Dispetcherlik xizmati tel:
☎️78/150-02-84, 1104 qisqa raqam

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Qibraytumangaz korxonasi uzr so‘raydi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#tibbiy_ko'rik

Mahallardagi xotin-qizlarninig salomatligi tekshiruvdan o'tkazildi

♻️Qibray tuman hokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan "Sohibkor" mahallasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

🚑Tuman tibbiyot birlashmasining 12 nafar tor doiradagi mutaxassislari (nevropatolog,jarroh,ko'z shifokori,LOR,EKG,UZI, ginekolog,endokrinolog,terapevt,pediatr,kardiolog) 2-sektor hududidagi 16 ta mahalladan jami 320 nafar xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib, ularga zarur tavsiya va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.Ulardan 67 nafari ambulator va 14 nafariga stasionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.

🌡Shuningdek, xotin-qizlarni kassalliklari bo'yicha guruhlarga ajratish maqsadida shu yerninig o'zida ulardan qon tahlillari olindi.Bu kabi tibbiy ko'riklarni tumandagi barcha sektorlarda o'tkazish rejalashtirilgan.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#sayyor_qabul

Xotin-qizlarninig muammolari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'rganildi

Bugunning o'zida, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari M.Bo‘rieva,tuman prokuraturasi, tuman IIB bo‘limi,tuman Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo‘limi, tuman bandlikka ko'maklashish markazi mas'ullari ishtirokida xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish maqsadida "Sohibkor" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Sayyor qabul davomida ularning taklif va muammolari o‘rganilib, 25 nafar salomatligida muammosi bo'lgan xotin-qizlarga tibbiy tekshiruv tayinlandi.Shuningdek, Ishsiz xotin-qizlardan 10 nafarining bandligi ta'minlandi. Uy-joy ta'miriga muhtoj xotin-qizlarga amaliy yordam ko'rsatish uchun tegishli tartibda ro'yxatga olindi.

⚖️Oilaviy muammolar hamda turli tazyiq va zo'ravonliklarga uchragan xotin-qizlarga yordam ko'rsatish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratiga olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram/
#sayyor_qabul

Sektor rahbari fuqarolarning xonadonidagi sharoitlar bilan tanishdi

🔹Qibray tuman prokurori S.Salixov 2-sektor hududidagi "Nurafshon" mahalla binosida fuqarolarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sektor rahbari, fuqarolarning uy-joyni ta'mirlash,kommunal sohadagi muommalar,moddiy yordam ajratish va markaziy kochalarga yo‘l belgilarini o‘rnatish kabi murojaatlarini atroflicha o‘rganib, fuqaralorga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar berildi.

📌Shuningdek, tuman prokurori mutasaddilar bilan birgalikda ayrim fuqarolarning xonadoniga borib, ularning turmush tarzi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va ta'mirga muhtoj xonadonni ta'mirlash bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/