Qashqadaryo.adliya.uz
1.62K subscribers
17.3K photos
2.18K videos
11 files
11.4K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.
Download Telegram
XAVFSIZ MIGRATSIYA

Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” Monomarkazida viloyat adliya boshqarmasi, ichki ishlar va boshqa vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga shartnoma asosida ishlashga ketayotgan fuqarolar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Fuqarolarga Rossiya Federatsiyasining huquq tizimi, qonunchilik asoslari, ularga rioya qilish va hurmat qilish hamda diniy ekstremizm g‘oyalariga aldanib qolmasliklari xususida tushuntirishlar va tavsiyalar berib o‘tildi.


Kanalga
ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
ADLIYADA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

Ko'kdala tuman adliya bo’limida otaliqqa olingan yoshlar hamda tumandagi 4-umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar tizim faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ularga huquqshunoslik kasbi, uning o‘ziga xos jihatlari, nufuzi haqida amaliy tushunchalar berildi.

Tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishini bevosita kuzatgan yoshlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar. Muloqotlar davomida yuridik ta’lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga kirish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek, o‘quvchilarga “Huquq maktabi” mobil ilovasi hamda “Huquq ta’limi” telegram kanali qulayligi va afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#huquqiy_targ'ibot_kuni

Qarshi shahar adliya bo'limi (YXKM, FXDY, DXM) xodimlari tomonidan "G'.G'ulom" va "Ravoq" MFY larida "Huquqiy targ'ibot kuni" tashkil etildi.Tadbirda byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Qarshi shahar bo'limi boshlig'i ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi, ularning yechimi to'g'risida, ish bilan ta'minlash borasida, subsidiyalar berilishi, kasb-hunarga o'qitish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida qancha muddat qolganida tuman, shahar saylov komissiyalaridan oladi.
Anonymous Quiz
45%
3 kun
13%
5 kun
27%
10 kun
15%
bir hafta
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Mirishkor  tumani adliya bo'limi, YXKM xodimlari , Davlat xizmatlari markazi va FHDY xodimlari tomonidan "Zafar" MFY da Mahalla yettiligi bilan uchrashilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80 sonli farmoni yuzasidan ularga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek uyma-uy yurilgan holda ularning huquqiy muammolari o'rganildi va sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Jumladan, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari bo'yicha suhbat anketasi to'ldirildi hamda shu mahallada yashovchi xotin-qizlarga “Ayollarga huquqiy madad” qoʻllanmasi tarqatildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni yuzasidan fuqarolar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, O'RQ-937-sonli qonuni  bo’yicha kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan ham fuqarolarga tushuntirish berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya