Qashqadaryo.adliya.uz
1.6K subscribers
17.3K photos
2.19K videos
11 files
11.4K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.
Download Telegram
#huquqiy_bilimlar_oyligi

Qarshi shahar adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi UM va TOYoXTTEB “Lukoyl” MChJ OYoXTTE Markazi Kashkadaryodagi OYoXTTE bo‘limi xarbiy xizmatchilar ishtirokida “Manfaatlar to'qnashuvi to‘g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati bo'yicha targ'ibot tadbiri o`tkazildi.

Tadbirda kimlar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etilishi, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi va boshqalar xususida so‘z yuritildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#tarixga_sayohat

💥Yoshlarni madaniy-ma’naviy bilimini va salohiyatini oshirish, tarixga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish maqsadida Chiroqchi tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni Kuk-tunli ota ziyoratgohiga olib borildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#ochiq_eshiklar_kuni

Dehqonobod tumani adliya bo'limi tomonidan otaliqa olingan yoshlar tizim faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ularga huquqshunoslik kasbi, uning o‘ziga xos jihatlari, nufuzi haqida amaliy tushunchalar berildi.

Tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishini bevosita kuzatgan yoshlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar. Muloqotlar davomida yuridik ta’lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga kirish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek, o‘quvchilarga “Huquq maktabi” mobil ilovasi hamda “Huquq ta’limi” telegram kanali qulayligi va afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#huquqiy_bilimlar_oyligi

⚖️ Joriy yilning 17-oktyabr kuni Muborak tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan otaliqqa olingan 5-son umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mamlakat kelajagi - qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzusida targ’ibot tardbiri o’tkazildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
⚖️ Muborak tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan 15-oktabr - Qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Sariq” MFY ayollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ularga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin qizlar uchun qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtincha bir martalik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish tartibi xususida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, mehnatkash qishloq ayollari bilan dildan suhbat qurilib, ularga sovg‘alar taqdim etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya