Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali📌
1.4K subscribers
7.4K photos
838 videos
9 files
1.21K links
www.bojxona.uz
e-mail: [email protected]
Bog'lanish uchun - +998752210480
Qarshi shahri A.Navoiy shox ko`chasi 3A-uy
Download Telegram
Qarshidagi 3-sonli maktabda “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir oʼtkazildi.

⚡️ Yurtimiz boʼylab, 9 may - Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan turli xil uchrashuvlar boʼlib oʼtmoqda.

⚡️ Bugun Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan Qarshi shahridagi 3-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida ham shu ulugʼ sana munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

⚡️ Unda maktab jamoasi bilan birga, viloyat bojxona boshqarmasining masʼul xodimlari hamda bojxona faxriylari ishtirok etdi.

⚡️ Tadbir davomida oʼquvchi yoshlar oʼzlari tomonidan tayyorlangan turli xil chiqishlarni namoyish etishdi.

⚡️ Shuningdek, bojxona faxriysi I.Аbdirazzaqov va bojxona xodimi J.Ashurovlar tomonidan maktab oʼquvchilariga mamlakatimizda bojxona tizimining tashkil etilish tarixi, xizmatda bosib oʼtgan yoʼli, sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muhim oʼrni haqida soʼzlab berdi.

✍️ Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Аxborot xizmati.
“Медиамаконда божхонанинг имижини яхшилашда ахборот хизматининг роли” мавзусидаги 2 кунлик семинар-тренинг якунланди.

Семинар якуни бўйича иштирокчиларга сертификатлар топширилди.

Умид қиламизки, семинарда олинган билим ва тавсиялар ҳудудий божхона бошқармаларининг Матбуот хизматлари томонидан эндиликда тайёрланадиган материалларнинг савияси ва сифатида ўз аксини топади.
Куннинг рамзий фотоси: Президентимизнинг табригини ўқиб эшиттираётган божхона ходими, уруш фахрийсига топширилган "Янги Ўзбекистон" статуеткаси"