Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali📌
1.51K subscribers
7.38K photos
837 videos
9 files
1.21K links
www.bojxona.uz
e-mail: [email protected]
Bog'lanish uchun - +998752210480
Qarshi shahri A.Navoiy shox ko`chasi 3A-uy
Download Telegram
Viloyatda tadbirkor ayollar qoʼllab-quvvatlanmoqda.

⚡️Mamlakatimizda ayollar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va yuzaga kelayotgan muammolarga oʼz vaqtida yechim topish amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim jihatlaridan hisoblanadi.
⚡️Kuni kecha Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasida oʼtkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadda tashkil etildi.
⚡️Viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda “Tadbirkor ayol” Oʼzbekiston Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi viloyat boʼlimi tashabbusi bilan oʼtkazilgan uchrashuvda, tashkilotchi faol ayollar bilan birga, hududdagi tadbirkor ayollar ishtirok etdi.
⚡️Tadbirda soʼz olganlar, viloyatimizda ayollar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlashda olib borilayotgan ijobiy ishlar, opa-singillarimizning ijtimoiy faolligini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida soʼz yuritdi.
⚡️Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi masʼul xodimi D.Аrabova tomonidan mavzu yuzasidan oʼzining fikr va takliflarini, shuningdek bojxonada ayol tadbirkorlar ishtirokidagi eksport va import operatsiyalari amalga oshirilishi alohida nazoratga olinganligi bildirildi.
⚡️Tadbirda, yaqinda davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan tadbirkor ayol Karamova Kunduz Zaydullayevna soʼzga chiqib, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda yaratilgan qulayliklar, bosib oʼtgan yoʼli haqida gapirib, yaqindagi eʼtirofdan oʼzining minnatdorchiligini bildirdi.
⚡️Tadbir davomida galdagi vazifalar kelishib olindi.

✍️ Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармонига мувофиқ бир гуруҳ божхона ходимлари давлатимизнинг юксак мукофотлари билан тақдирланди.

“Содиқ хизматлари учун” медали билан:

Ахмедов Рустам Шукуралиевич
- Тошкент вилояти Божхона бошқармаси “Масофавий электрон декларациялаш” божхона пости бошлиғи

“Шуҳрат” медали билан:

Атаханов Кудрат Куранбаевич
- Хоразм вилояти Божхона бошқармаси ўта муҳим ишлар бўйича катта тезкор вакили

Дусмухамедов Алишер Исматиллаевич - Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Божхона қўмитаси бошқарма бошлиғи

Маматқулов Ойбек Абдуллаевич - Фарғона вилояти Божхона бошқармаси катта тезкор вакили.

Мукофотлар муборак бўлсин азиз ҳамкасблар!!!
"Nasaf" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tadbirkorlar ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.

⚡️Qarshi shahar va tumanda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar, ruxsat beruvchi idoralar va bojxona posti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida bojxona sohasiga oid so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar berildi.
⚡️Xususan, Bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan "E-Tranzit" mobil ilovasi, bu tizim bilan chegara bojxona postlaridan avtotransport vositalarida o‘tishdagi qulayliklar tushuntirildi.
⚡️Shuningdek, uchrashuvda davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotidan kelib chiqib, tadbirkorlarga bo‘lgan yuksak ishonch, e'tibor, e'tirof va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.
⚡️Tadbir davomida, korrupsiyani oldini olish, "xufyona iqtisodiyot"ning ulushini qisqartirish va bojxonada halol tadbirkorlar doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlanib kelinayotganligi, ushbu tadbirkorlar safini yanada kengaytirish asosiy maqsad ekanligi ta'kidlandi.
⚡️Yakunda ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga javoblar qaytarildi.

✍️ Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш, бу борадаги муаммоларга ечим топиш юзасидан қилинаётган ишлар.

#28aug #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишлари билан танишди, турли соҳаларда ишга туширилаётган янги объектларга ташриф буюрди
#29aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Президент Шавкат Мирзиёев Давлат божхона қўмитасида ташкил этилган Божхона расмийлаштируви маркази билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с Центром таможенного оформления, организованном в Государственном таможенном комитете.

#Mirziyoyev #tanishuv #bojxona #markaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга Божхона расмийлаштируви марказининг имкониятлари тақдимот қилинди

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлены возможности Центра таможенного оформления

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Кўксаройда мамлакатимиз мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан тақдирланганларга давлат мукофотларини топширди.

Тошкент вилояти божхона бошқармаси “Масофавий электрон декларациялаш” божхона пости бошлиғи Ахмедов Рустам Шукуралиевич ҳам “Содиқ хизматлари учун” медали билан тақдирланди.

********

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 32-й годовщины независимости нашей страны.

Начальник таможенного поста «Дистанционное электронное декларирование» Таможенного управления Ташкентской области Ахмедов Рустам Шукуралиевич награжден Медалью «Содиқ хизматлари учун».