QASHQADARYO VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSH BOSHQARMASI
311 subscribers
15.1K photos
1.34K videos
14 files
4.31K links
Rasmiy kanal
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 233-250 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Yo‘llarda ko‘rish masofasi 500 metrni, shamol 5-16 m/s. ni, havo harorati 0 darajani, namlik 80 %ni tashkil etmoqda.Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️"Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo viloyati

#Zakovat

O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining Sirdaryo viloyati hududiy bosqichi boshlanmoqda. Unda viloyatning barcha tumanlaridan 11ta jamoaning ishtiroki kuzatilmoqda. Bu tashabbusdan tarmoq xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish va "Zakovat" intellektual o‘yinlarini ommaviy-ma'naviy harakatga aylantirish maqsad qilingan. Ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#Sirdaryo viloyati

#Zakovat

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan tizim ishchi-xodimlarining intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Sirdaryo viloyati saralash bosqichi Guliston shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tmoqda.
Zakovat” intellektual o‘yini saralash bosqichida tizim korxonalarining 11 ta jamoasi o‘zaro bellashmoqda. Jamoalar tarkibida mutaxassislar, yo‘lni saqlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va oddiy ishchilar ham bor.

Saralash bosqichida ishtirok etayotgan 66 nafar ishtirokchilarning 4 nafari xotin-qizlardir.
O‘yin qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#Sirdaryo viloyati

#Zakovat

Zakovat” intellektual o‘yinining Sirdaryo viloyati saralash bosqichi qiz‘in davom etmoqda.
Durang natija qayd etgan jamoalar yana bahslashishdi.
6 ta jamoalar 3 va 2-o'rin uchun bellashishdi.
3-o'rin uchun "Guliston", "Sayxunobod", "Xovos" jamoalari, 2- o'rin uchun "Oqoltin", "Sirdaryo", "Mintaqa" jamoalari kuch sinashmoqdalar.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
#Sirdaryo viloyati

#Sirdaryolik “Zakovat”chilar saralandi

“Zakovat” intellektual o‘yinining Sirdaryo viloyati saralash bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Yo‘l xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini qiziqarli savollar va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
“Zakovat” intellektual o‘yini saralash bosqichida tizim korxonalarining 11 ta jamoasi o‘zaro bellashib, intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ishtirokchi jamoalaridan kuchli bilim va iqtidor talab etiladigan intellektual o‘yin yakunida “Mirzaobod ”jamoasi 1-o‘rin, “Oqoltin ” jamoasi 2-o‘rin va “Xovos ” jamoasi 3-o‘rinni qayd etdi.
Shuningdek, besh nafar nominatsiya g‘oliblari aniqlandi. “Eng kitobsevar Zakovatchi” — Fazila Saidahmedova, “Eng yosh Zakovatchi” — O'rozali Abduazimov, “Eng yaxshi soha bilimdoni” — Kamol Mahkamov, “Mantiqiy savollar bilimdoni” - G'ayrat Minavarov.
G‘oliblar statuyetka, maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Barcha jamoalardan saralab olingan 6 nafar ishtirokchilardan tashkil topgan Sirdaryo terma jamoasi “Zakovat”ning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt