Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hasharda_birlashaylik
Anvar Abduqayumov, tadbirkor: Barchamiz yurtimiz obodligi uchun hissa qo'shaylik!

Forwarded from OYINA.UZ
TikTokʻga nisbatan jarima va cheklovlar – dunyo mamlakatlari platformadan nega norozi?
Oʻtib borayotgan hafta TikTok kompaniyasi uchun ogʻir kechdi: AQSH Kongresining Vakillar palatasi mamlakatda platformani taqiqlash boʻyicha qonun loyihasini qabul qildi, endi AQSH hududida TikTok taqiqlanishi mumkin. Italiya regulyatori esa kontent nazorati yoʻqligi uchun kompaniyaga 10 million yevro miqdorida jarima soldi. Lekin bu eʼtirozlar dunyo miqyosida birinchi martasi emas.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2586
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X

✅Aziz vohadoshlar!
16-17-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
16-17-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Qarshi shahrida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi
Qashqadaryo sohili bo‘yida "Yashil makon" umummilliy harakatida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida sektor rahbarlari, Qarshi shahar hokimi hamda mas’ullar, turli soha egalari va yoshlar birgalikda 14700 dona manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Qashqadaryo sohili bo‘yida "Yashil makon" umummilliy harakatida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida sektor rahbarlari, Qarshi shahar hokimi hamda mas’ullar, turli soha egalari va yoshlar birgalikda 14700 dona manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqbol Mirzo: Ichingdagi jadidni uyg'ot!
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kinotavsiya: "Otamdan qolgan dalalar" filmi
"Esimda, Buxoroda o‘tkazilgan kino kunlarida havo 20 daraja sovuq edi. Zalda tumonat odam. Men qalin kiyinib olgan bo‘lsam-da, muzlab qolganimdan sovuqda o‘n daqiqa ham o‘tirolmadim. Hattoki, kichkina bolalargacha to‘rt soatlik kinoni oxirigacha ko‘rdi, hech kim zaldan chiqib ketmadi. Bunga sabab nima edi? Tomoshabinni qanday joziba to‘rt soatlik kinoni ko‘rishga majbur etdi? Axir "Otamdan qolgan dalalar" filmi Amerika kinolariga o‘xshab detektiv bo‘lmasa yoki Meksika seriallariga o‘xshab bir ilmoq bilan tomoshabinni aldab o‘tirmasa… Yo‘q! Tomoshabinni film oxirigacha o‘tirishga majbur etgan sabab – ekranda ayovsiz, haqqoniy hayot kechmoqda edi".
Shuhrat Abbosov, rejissor

Forwarded from "QASHQADARYO VILOYATI TELERADIOKANALI" DM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.
Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.
Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
🔊🔊🔊Diqqat e’lon!!!
📢Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan “Abdulla Oripov ijodi bilimdonlari” mavzusida tanlov e’lon qilgan edik!
🕓Mazkur tanlovning birinchi sharti bugun soat 16:00 da boshlanadi.
✅18-22-mart kunlari ushbu telegram kanal orqali har kuni bitta savol qo‘yib boriladi. Har bir savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yozgan besh nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Ⓜ️Javoblaringizni savolning muhokamalar bo‘limida qoldirishingiz mumkin!
🤲Barchaga omad yor bo‘lsin!

O‘ndan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan olis maktab kutubxonasiga kitoblar yetkazib berildi
Shahrisabz tumanining Sarchashma qishlog‘i olis va tog‘li hududlardan biri sanaladi. Sarchashmaga borish uchun Miraki shaharchasi, “Hisorak” suv ombori, keyin Oqsuv daryosi bo‘ylab ancha mashaqqatli tog‘ yo‘lini bosib o‘tish kerak. Yog‘in-sochinli kunlarda esa bu yo‘llardan “Niva”, “UAZ” va boshqa shu kabi maxsus mashinalarsiz harakatlanish deyarli imkonsiz. Tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda, Hisor tog‘ tizmalari bag‘rida joylashgan bu qishloq betakror tabiati, an’ana va qadriyatlari bilan tilga tushgan.
Mahallada 5 mingdan ziyod kishi istiqomat qiladi. Hududda ikkita davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta maktab bor. O‘quvchilarning aksariyati maktabga so‘qmoq yo‘llar osha uzoq masofa bosib keladi. Qiyin sharoitga qaramay o‘quvchilarda ilm olishga bo‘lgan ishtiyoq baland.
Shundan kelib chiqqan holda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan maktab kutubxonasiga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy kitoblar yetkazib berildi.
- Shu vaqtga qadar qishlog‘imizdan fan doktori, o‘ndan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan, - deydi 57-maktab direktori Abduvahob Berdiyev. – Shuningdek, respublikamizning turli hududlarida mas’ul lavozimlarda ishlayotgan qishloqdoshlarimiz ko‘p. Ularning muvaffaqiyati yoshlarimizga doimo shijoat bag‘ishlaydi.
Maktabda bugungi kunda 849 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Maktab kutubxonasida 2 mingdan ziyod badiiy va ilmiy kitoblar mavjud. Bundan tashqari, mahalla hududida vagon shaklida kutubxona ham tashkil qilingan.

Telegram
QASHQADARYO ZIYOSI
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.