QASHQADARYO ZIYOSI
22.3K subscribers
14.8K photos
1.58K videos
91 files
5.47K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
“Yuz gʻazal – yuz javohir” tanlovi G'uzor tumani bosqichi o'tkazildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G'uzor tumani bo'linmasi va tuman hokimligi tomonidan gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Yuz g‘azal – yuz javohir” tanlovi hududiy bosqichi o'tkazildi.

50 nafardan ortiq so‘z san’ati ixlosmandlari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan g‘azallarni yoddan aytib, g‘oliblikka intilishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Yayra Amirqulova 1-o'rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Gʻoliblar diplom, kitoblar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyning_583_yilligi #kun_tarixi #uzarxiv

📌9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

📝Samarqandda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishi haqida hujjatli film.

📜Ushbu hujjatli film O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
O‘ZBEK NAVOIYNI O‘QIMAY QO‘YSA

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayri o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lig‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

© Erkin Vohidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко биргаликда чанғи учдилар

https://t.iss.one/kuranbayev_k
Forwarded from OYINA.UZ
Bursada Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetining markazi ochildi

Turkiyada bunday markazni ochish bir necha yildan beri rejalashtirilayotgan edi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/21370

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
Forwarded from OYINA.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy haykali o'rnatilgan dunyo shaharlarini bilasizmi?

Shaharlar soni siz o'ylagandan ko'proq ekanmi? Balki yana boshqa manzillarda ham Alisher Navoiy haykali borligini bilarsiz, izohda yozib qoldiring.

Youtube'da koʻrish: https://youtu.be/QAsA_PX0Xn8

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
Tashrif Belorusiya.pptx
4.2 MB
#Hamkorlik
#taqdimot

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi.

Mahalla, umumta’lim maktablari, kasb hunar kollejlari, OTMlarning axborot soatlarida foydalanish uchun tavsiya etiladi.

(o'zb/rus tillarida👆)

TАРҒИБОТ МАТЕРИАЛЛАРИГА КИРИШ УЧУН ҚУЙИДАГИ ҲАВОЛАГА ЎТИНГ
👉
https://t.iss.one/targibotmaterial
⚡️ Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati

🇮🇹 Italiyada
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.

🇫🇷 Fransiyada
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.

🇸🇪 Shvetsiyada
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.

🇩🇪 Germaniyada
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.

🇬🇧 Angliyada
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...

🇯🇵 Yaponiyada
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!

👉 @TalimiyUz
📢📢 #Eʼlon

‼️ “Yuz g‘azal – yuz javohir” tanlovi viloyat bosqichi ertaga soat 12:00 da Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida boshlanadi.

Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur541
#BoburDay
#Boburni_bilamizmi

Biz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan #Boburni_bilamizmi? chellenjini boshladik.

Bobur haqida siz ham bilgan ma‘lumotingizni ayting va boshqalarga ham ulashing

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram