QASHQADARYO ZIYOSI
29.1K subscribers
15.2K photos
2.07K videos
92 files
6.05K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
#Kun_hikmati

Podsho saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitsin, har kimdan fikr olsin. Qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab vaqtida ishlatsin.


Amir Temur

Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi edi.


Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰MILLIY QAHRAMON –
muayyan millatga, xalqqa mansub boʻlgan shaxsning oʻsha millat manfaatlari uchun fidoyilik namunalarini koʻrsatishi maʼnosini anglatadi.

Xalqlar, urugʻ va elatlar hali etnik birlik darajasiga koʻtarilmagan pallada, ularning harbiy, iqtisodiy va maʼnaviy-madaniy imkoniyatlari yetarli darajada shakllanmagan yoki rivoj topmagan bir paytda xalqni birlashtirib, maʼlum gʻoya va oliy maqsadlar yoʻlida jipslashtirib, har tomonlama salohiyat, qudrat kasb etishga safarbar eta oladigan yetakchi shaxs – milliy qahramondir.

Oʻzbek millati tarixida ulugʻ ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur hazratlari milliy qahramon sifatida xalqimizning yakdil eʼtirofiga sazovor boʻlgan.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#Virtual_sayohat

Temuriylar tarixi davlat muzeyini 3D formatda tomosha qiling. Muzeyda Amir Temur va Temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.


Muzeyga tashrif buyurish uchun bu yerga bosing.

Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
👍1
9 апрель – Aмир Темур таваллуд топган кун!

Соҳибқирон Aмир Темур таваллудининг 688 йиллиги Қашқадарёда ҳам кенг нишонланмоқда.

Эрта тонгдан "Кўкгумбаз" обидасида жойлашган Амир Темурнинг устози Шайх Шамсиддин Кулол ва Сайидлар мақбараси зиёрат қилиниб, жонлиқ сўйилиб, ўтган аждодларимиз руҳига Қуръон тиловат қилинди.

Шунингдек, Шаҳрисабз шаҳри марказидаги Aмир Темур хиёбони вилоят сектор раҳбарлари, давлат ва жамоат ташкилотлари раҳбарлари, кенг жамоатчилик, олим ва тадқиқотчилар, нуронийлар ҳамда ёшлар билан гавжум бўлди.

Улар Соҳибқирон ҳайкали пойига гулчамбарлар қўйишиб, улуғ саркардага ўзларининг чексиз ҳурмат-эҳтиромларини изҳор этдилар.

Тадбирда вилоят ҳокими Муротжон Азимов сўзга чиқиб, буюк саркарда ва давлат арбоби, Темурийлар давлатининг асосчиси, Ўзбекистан давлатчилик тарихида ўзининг беқиёс ўрнига эга бўлган, илм-маърифат ҳомийсининг ҳаёт йўли барчамизга ибрат эканлигини таъкидлади.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

Eng katta yaxshilik


Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Forwarded from Narzullayev Lazizbek
Amir Temur davlatida kimlar to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan tayinlanishi lozim bo‘lgan?
Anonymous Quiz
56%
Vazirlar
27%
Muhtaasiblar
18%
Dorug‘alar
BUYUK SARKARDA SIYMOSIGA EHTIROM

Shahrisabz shahrida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, shuningdek, boshqa mas’ul tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar Amir Temurning ustozi Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasida jam bo‘lishdi. Shu yerda jonliq so‘yilib, ajdodlar ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Shundan so‘ng tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi, O‘zbekiston davlatchilik tarixida o‘zining beqiyos o‘rniga ega bo‘lgan, ilm-ma’rifat homiysining hayot yo‘li barchamizga ibrat ekanligini ta’kidladi.

Viloyatimizda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.