Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |
10.1K subscribers
43.2K photos
9.31K videos
11.8K files
20.9K links
|Boshqarmaning rasmiy kanali

Facebook: Qashqadaryo_MMtb
bot: @QashqadaryoMMTBbot

📬 e-mail: [email protected]
Download Telegram
#e’tirof

⚡️ QASHQADARYOLIK SPORTCHILAR YIL SARHISOBIDA MUNOSIB TAQDIRLANDILAR.

2023-yil davomida nufuzli sport musobaqalarida natija ko‘rsatgan iqtidorli sportchilar va XIX-Osiyo o‘yinlari va IV-para Osiyo o‘yinlarining g‘olib-sovrindorlariga Viloyat hokimligi hamda Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi M. Azimov so‘zga chiqib, sportchilarimizni yil davomida erishgan natijalarini yuksak e'tirof etib, kelajakda bundan ham yuqori marralarni egallashlari uchun omad tiladi.

Tadbir davomida Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempioni va Xalqaro musobaqalar g‘olibasi Tursunoy Jabborovaga Viloyat hokimligi tomonidan xonadon sovg‘a qilinishi sportchi uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Bundan tashqari sportchilarning trenerlari hamda viloyatimizda sportni rivojlantirish sohasida faol xizmat qilgan bir qator sport fidoyilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Forwarded from Hilola Umarova
Yakuniga yetib borayotgan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” mamlakatimiz taʼlim tizimida unutilmas tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Bugun yana bir xushxabar bizni behad quvontirdi.

Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova Oliy Majlis Senati tomonidan o‘tkazilgan “Yil ayoli” milliy-ko'rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Qariyb yarim asrlik umrini ustozlik kasbiga baxshida etayotgan ustozning bu g‘alabasi barcha taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarimiz mehnatining yana bir munosib eʼtirofi deyish mumkin. Bu eʼtiborning zamirida qanchadan-qancha mashaqqatli mehnat, sabr, sinovlar yotishini har birimiz yaxshi bilamiz.

Bugungi kunda Ro‘zigul Orziqulova olti nafar farzandi qatorida millat bolalarining ziyoli bo‘lishi uchun sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, taʼlim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi”. “Yil ayoli” tanlovida ham aynan o‘qituvchimizning mutlaq g‘olib sifatida eʼtirof etilishi aynan shu so‘zlarning hayotiy tasdig‘idir.


⚡️Fursatdan foydalanib, ushbu mukofot bilan ustozimiz Ro‘zigul Orziqulova hamda ular orqali barcha ustozlarimizni muborakbod etaman. Zero, taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan har bir fidoyi ustoz bu sharafga loyiq.

Ustozlarimizning xalqimiz farzandlariga taʼlim-tarbiya berishda ko‘rsatayotgan mehnatlari mana shunday qadrlanishi bardavom bo‘lishini tilayman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mirishkorlik 7 nafar yosh sportchilar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi...

Qarshi shahrida sportning o’zbek jang san’at turi bo’yicha viloyat chempionati bo’lib o’tdi.Unda ishtirok etgan Mirishkor tumani sport maktabi o’quvchilari faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

Bular 1-o’rin:
Qurbonov Firdavs,
Mamedov Umidjon,
Jumaqulov Sharofiddin,
Yo'lbarsova Ziyoda,
Mansurov Aktam.


3-o’rin:
Xayitqulov Sultonali,
Botirova Zaxro.


@Qashqadaryo_vxtb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қашқадарёда "ўқитувчилар қурултойи" ўтказилди

Тадбирда Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев иштирок этиб, ўқитувчилар билан очиқ мулоқот ўтказди.

Тадбир давомида вазирлик томонидан янги баҳолаш тизими жорий қилинган умумтаълим мактабларида шаффофликни таъминлаган таълим муассасаларига замонавий турдаги 2 та электрон доска, 2 та телевизор тақдим этилди.

👍 Nasafnews расмий саҳифаси
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "KLASS!"
📣ВНИМАНИЕ 📣
❗️КОНКУРС ❗️Республиканская детская газета «Klass!» совместно с Главным управлением охраны
Национальной гвардии Республики Узбекистан
объявляет конкурс!
Как известно, ежегодно 14 января в нашей стране празднуют День защитников Родины. Эта дата имеет большое значение для всех жителей страны, так как символизирует свободу и независимость Республики Узбекистан.
Конкурс организован для учащихся школ и приурочен ко Дню защитников Родины.
Работы на русском и английском языках будут приниматься в прозе (собственное сочинение) до 30.12.23❗️(Сочинения на русском языке отправляйте
@Margaritka1710, на английском языке @YanaIsaacovna)
Уважаемые учащиеся начальных, средних и старших классов при составлении текста обязательно учитывайте актуальность темы!
🏆 Награждение победителей и призёров (1-е, 2-е, 3-е места в каждой возрастной категории) состоится 10 января 2024 года в редакции газеты.


Пишите
🟢 г. Ташкент, 100011, пр-т Навои, 30, редакция газеты "Klass!"
🟢Тг-канал @yanaisaacovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ҳар бирингиз — давлатимиз бойлигисиз» — Саида Мирзиёева

Танлов ва фан олимпиадалари ғолиблари учун президент администрациясига экскурсия уюштирилди.

👉 https://kun.uz/53137783

Kun.uz расмий канали
Forwarded from TRM Metodik yordam
⚡️Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.

Marafondan ko‘zlangan maqsad:

👉 umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;

👉 xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;

👉 o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;

👉 pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.

Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.

Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.
Forwarded from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 259 nafar uslubchi, psixolog va pedagoglari malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.

Mashg‘ulotlarni A.I. Gersen nomidagi RDPU Defektologik ta’lim va reabilitatsiya instituti, Korreksion pedagogika instituti, Qozog‘iston Respublikasi Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish Milliy ilmiy-amaliy markazining yuqori malakali mutaxassislari o‘tkazdi.

Ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazining uslubchilari va Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari ham so‘zga chiqdi.

Tadbir ishtirokchilari zamonaviy maktabda inklyuziv ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, fan o‘qituvchilari esa yakka tartibdagi o‘quv rejalari bilan ishlashni o‘rgandilar.

В рамках проекта «Инклюзивное образование» 259 методистов, психологов и педагогов общеобразовательных школ прошли курсы повышения квалификации.

Занятия проводили высококвалифицированные специалисты из Института дефектологического образования и реабилитации РГПУ им. А.И. Герцена, Института коррекционной педагогики, Национального научно-практического центра развития специального и инклюзивного образования Республики Казахстан.

В качестве лекторов также выступали методисты Республиканского центра профессиональной ориентации и психолого-педагогической диагностики учащихся Республики Узбекистан и преподаватели Чирчикского государственного педагогического университета.

Участники мероприятия получили знания и навыки по организации инклюзивной образовательной среды в современной школе, а учителя-предметники научились работать с индивидуальными образовательными планами.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston - yoshlar mamlakati

Shahrisabz tuman hokimligi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi,MMTB, RMMM Shahrisabz tuman bo‘limi, Madaniyat bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, yoshlar bilan ishlash borasida tumanda tizimli ravishda ishlar olib borilib, bu o‘z natijasini berayotganligini taʼkidladi.

Tadbirda turli sohalarda faol bo‘lgan 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, hukumatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda yutuqlarga erishayotganligini o‘rtoqlashdi hamda o‘zlarini takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalarda vatanimiz hamda xalqaro miqyosda yutuqlarni qo‘lga kiritgan bir guruh yoshlar tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@Qashqadaryo_vxtb