Qarshi shahri hokimi N.Xolboyev bugun ertalab Geolog mahallasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida hududda o‘rganishlar olib bordi.

Hokim, tegishli shahar tashkilotlari va korxonalari mutasaddilari ishtirokida, mahalladagi ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar, yashil maydonlar, tadbirkorlarga qarashli ob’ektlar va chiqindixonalar holatini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli turarjoylar atrofini qurilish va maishiy chiqindilardan tozalash, uylarga kirish yo‘laklarini ta’mirlash, bolalar o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish, yangi chiqindixonalar qurish va og‘ziga ochiq yotgan kanalizatsiya quduqlariga qopqoqlar o‘rnatish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, N.Xolboyev mahalla aholisining murojaatlari va takliflarini tinglab, ularning fikrlari asosida hududdagi kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
Geolog mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Bugun ertalab shahar hokimi Normo‘min Xolboyev mahallaga tashrif buyurib, obodonlashtirish jarayoni bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida hokim tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan, mahallani yanada go‘zal va qulay qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni tozalash, yo‘laklarni ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Foto | Mahalla fuqarolar yig‘inlari oldiga gullar ekilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi