Qarshi shahrida "Mahalla obod, yurt obod!" shiori ostida amalga oshirilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida ezgu va savobli ishlar olib borilmoqda.

Qarshi shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahalla fuqarolar yig'inlaridagi kompleks xizmat ko'rsatuvchi ijtimoiy xodimlar hamkorligida o'tkazilgan hasharda dastlab markaz binosi hovlisini obodonlashtirish va xonalarni tozalash ishlari amalga oshirildi.

Shundan so'ng, nogironligi bo'lgan shaxslarning ahvolidan xabar olindi va yakka-yolg'iz yashovchi keksalarga uy ishlarida ko'maklashish maqsadida hashar uyushtirildi. Hashar davomida hovli-joylarning atrofi tozalandi, daraxtlar oqlandi va umumiy muhitni yaxshilashga qaratilgan bir qator tadbirlar o'tkazildi.

Kanalga ulanish: @qarshishaharhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharida Qashqadaryoning 828 ta mahallasida obodonlashtirish ishlari hamjihatlikda tashkil etildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
"Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida Qavali mahallasidagi ko‘chalar asfaltlanmoqda

Mustaqillik bayrami arafasida Qavali mahallasi Yoshlik massividagi 3 kilometr ko‘chalar asfaltlandi, bu aholi uchun yana bir qulaylik yaratdi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida Qavali mahallasida jami 9 kilometr ko‘chalar asfaltlangani esa, alohida ta’kidlashga arziydi.

Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari mahalla aholisining hayot sifatini oshirishga, transport harakatini yanada qulaylashtirishga va infrastrukturani rivojlantirishga xizmat qiladi.

@qarshishaharhokimligi
Qarshi shahri Chaqar mahallasida "Mahalla obod, yurt obod!" shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi. Hashar davomida mahallaning ko‘chalari va ariqlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va chiqindilar olib chiqildi.

@qarshishaharhokimligi