Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Мамлакатимизда 5 мингдан зиёд ишчиси бор, йиллик даромади 1 триллион сўмдан ошган, камида 100 миллиард сўм солиқ тўлаётган 142 нафар “чемпион” тадбиркорлар пайдо бўлди.
Бу корхоналар энг илғор технологиялар ва янгича бошқарувни жорий этган, ўзлари арзон ресурс олиб келаяпти, кредит ва солиқни ўз вақтида тўлаяпти, муддати ўтган қарзи йўқ.
Муҳими, улар ҳар куни янгиликка интилиб, изланишдан тўхтамаяпти. Улар кўп тармоқли корпорацияга айланиб, ёндош соҳалар ривожига ҳам катта ҳисса қўшаяпти.
Президент бошқа салоҳиятли тадбиркорларни ҳам қўллаб-қувватлаб, “чемпион” тадбиркорларни кўпайтириш кераклигини таъкидлади.
Бундай тадбиркорларга ер ва бинони тўғридан-тўғри бериш, давлат корхоналарини ҳам узоқ муддатга бошқарувга топшириш, ҳарбий саноат, дронлар ишлаб чиқариш, IT ва сунъий интеллектни кенг ривожлантиришда улар билан манфаатли ҳамкорликни йўлга қўйиш мумкинлиги қайд этилди.
Facebook|Instagram|X

Qarshi shahrida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Qarshi shahridagi dehqon bozorlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil qilindi.
Xususan, Qarshi markaziy dehqon bozorida o‘tkazilayotgan yarmarkada sabzavotlar, mevalar, guruch, shakar, yog‘ shuningdek, tuxum va go‘sht mahsulotlari arzon narxlarda taqdim etilmoqda. Mahsulotlarning narxi bozordagi odatiy baholardan pastroq belgilangan.
Shahrimiz aholisi va mehmonlari mazkur yarmarkaga tashrif buyurib, o‘z ehtiyojlariga mos sifatli mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilishlari mumkin.
Kanalga ulanish 👉@qarshishaharhokimligi

Forwarded from Matbuot kotibi | Ahror Sodiqov |Rasmiy (Ahror Sodiqov)
Юртимиз байроғини акс эттирган воҳамиз бош арчаси
Қарши шаҳри. Бугун.
Қарши шаҳри. Бугун.
⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi!
ERTAGA QARSHI SHAHRI VA TUMANIDAGI AYRIM MAHALLALARDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI
Yuqori bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida 2024-yil 21-dekabr kuni (ertaga) soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, tumanning "Batosh", "Mirmiron", Alisher Navoiy, "Mеvazor", "Ravot", "Xitoykenti", "Yakkayog'och", "Bunyodkor", "Shoyxo‘ja", "G'ubdin", "Tinchlik", "Nukrabod", "Yertеpa", "Navbahor", "Bodomzor","Yangi park" hamda QARSHI SHAHRI ning "Temiryo‘lchi" va Qarshi mahallasidagi 9397 xonadon va yuqoridagi hududlarda joylashgan 117 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati