Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024

🇺🇿 27 октябрь – Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайлови куни.

🟩 2024 йилнинг 16 октябридан муддатидан олдин овоз бериш бошланди.

🗳 Сайловларда фаол иштирок этиб, юртимиз фаровонлиги учун овоз берайлик!

〰️〰️〰️〰️〰️
👉 Kanalga ulanish - @cadpuz
Qarshida ko‘chaga chiqindi tashlaganlar jazolandi.

Huquqbuzarlik kamera orqali qayd etilgan.Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq bir qancha huquqbuzarliklarga chora ko‘rildi. Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalar belgilandi.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
Foto | Qarshi shahar kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash ishlaridan lavhalar.

"Qashqadaryo suv ta'minoti" AJ Qarshi shahar filiali tomonidan shahrimizning kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
Qarshi shahri Alisher Navoiy shoh ko‘chasi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi

Hozirda viloyat markazida keng ko‘lamdagi asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda. Bugun, Qarshi shahrining Alisher Navoiy shoh ko‘chasida asfaltlashtirish jarayoni boshlandi. Shahar hokimi N.Xolboyev yo‘lsozlar bilan birga ushbu jarayonni kuzatib, ishlarning sifatini baholadi.

Asfaltlashtirish ishlari natijasida Alisher Navoiy shoh ko‘chasi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, yangi asfalt qoplamasi yo‘l xavfsizligini oshirishi hamda avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun qulay muhit yaratishi ta'kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг 82-сессияси бўлиб ўтди

Унда Қарши шаҳрида транспорт ва йўл-транспорт инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари, Қашқадарё вилоятида Халқаро молия институтлари иштирокида “Таллимаржон-Муборак” сув таъминоти тизимини реконструкция қилиш ва яхшилаш” ҳамда “Яккабоғ-Қарши” магистрал сув қувурини қуриш, мавжуд сув тизимларини реконструкция қилиш” бўйича лойиҳа концепцияларини маъқуллаш тўғрисида ва бир қатор муҳим масалаларда масъулларнинг ҳисоботлари тингланди.

Барча қарорлар "e-qaror.gov.uz" сайтида эълон қилиб борилмоқда.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X