Hashar - hamjihatlik, mehr-oqibat va birdamlik timsoli

Hashar – xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan biri. Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Qarshi shahar “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Jovliyev boshchiligida mahallalardagi ijtimoiy xodimlar "Naxshab" mahallasida yakka yolg‘iz yashovchi Timafayeva Raziya holidan xabar olib, uy-joyini tartibga keltirishdi.

Qarshi shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining ma’lumot berishicha, umumxalq xayriya hashari doirasida markaz jamoasi tomonidan shahardagi 60 nafar yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar xonadonida hashar tashkil etilib, ularning hovli-joylari begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlar oqlanib, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
“Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida "Qavali" mahallasida umumxalq xayriya hashari uyushtirildi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Xonqulova boshchiligida "Qavali" mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari, Qarshi shahar yoshlar ishlari bo‘limi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda bugun mahallada umumxalq xayriya hashari uyushtirildi.

Hashar mobaynida aholi va jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘chalar, hovlilar atrofi tozalanib, tartibga keltirildi. Nuroniylar va yoshlar ishtirokida mahalla qabristonida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Mahallada yashovchi keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami holidan xabar olinib, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi hamda ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
“Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida "Qavali" mahallasida o‘tkazilgan umumxalq hasharida Qarshi shahar yoshlar ishlar bo‘limi va mahallalardagi yoshlar yetakchilari faol ishtirok etib, qabriston hududini va atrofini tozalab, ko‘rkam qiyofaga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stop_korrupsiya

📌 Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hodimlari Qarshi shahridagi yirik savdo majmualari va do‘konlarida bo‘lishdi.

❗️Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotda korrupsiyaviy holatlarga duch kеlinganda Soliq xizmati organlarining tеlеgram ijtimoiy tarmog‘idagi @dsq_anticorrupciya_bot orqali xabar bеrish mumkinligi va murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi ta'kidlandi.

📎 Tadbirlar davomida tadbirkorlik subyektlarining kirish joylariga targ‘ibot flayеrlari yopishtirildi va ishonch telefonlari tarqatildi.

✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook