QASHQADARYO FVB I Rasmiy
2.05K subscribers
10.5K photos
2.18K videos
3 files
4.61K links
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Murojaat uchun: @qashfvbax
🚨 1050 yoki 101
Download Telegram
Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida zilzilalar va sel oqimlari mavzulariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhokamada Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar mutaxassislari ishtirok etdi. Matbuot anjumanining toʻliq videosini quyidagi havola orqali koʻrish mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=d7gNhrBe_TU
--------------------------
Сегодня в Агентстве информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента состоялась пресс-конференция, посвящённая темам землетрясений и селе-паводковых явлений. В данной дискуссии приняли участие эксперты из МЧС и других профильных структур. Полную версию пресс-конференции можно посмотреть по ссылке ниже.
https://www.youtube.com/watch?v=d7gNhrBe_TU
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

EHTIYOTKORLIK VA HUSHYORLIK KUNDALIK SHIORIMIZGA AYLANSA

🔗 Kanalga ulanish uchun.
Sportning mini-futbol turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati FVB qutqaruvchilari oʻrtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada harbiy xizmatchi va xizmatchilardan iborat 45 ta jamoa oʻzaro bellashib shulardan:

Xizmatchilar oʻrtasida

1-o‘rinni Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi jamoasi,

2- o‘rinni Kasbi tumani jamoasi,

3-o‘rinni Koson tumani jamoasi egallagan boʻlsa,

harbiy xizmatchilar oʻrtasida

1-oʻrinni "Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’limi"ning
32-yong’in-qutqaruv jamoasi,

2-oʻrinni "Sho’rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ning 
36-yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi,

3-oʻrinni “Sho’rtangazkimyo majmuasi”
39-yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi qoʻlga kiritdi.

G‘oliblar Boshqarma boshlig'ining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tag‘dirlandi.
XAVFSIZLIK YO‘LIDA...
Ramazon oyi munosabati bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyatimizning joylardagi FVB, IIB, Milliy gvardiya va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va boshqa nohushliklarni oldini olish maqsadida ob’ekt rahbarlari, ishchi-xizmatchilari bilan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Qolaversa, ushbu manzillarda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkor xizmatlar bilan birgalikda tungi navbatchilik ham tashkil etilgan.
Shuningdek, tadbirlar davomida maskan ishchi-xizmatchilariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish borasidagi zarur tavsiyalar berilmoqda.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I
OYLIK DOIRASIDA...

Fuqarolarni hushyorlikka chorlovchi mazkur FM oyligida joylarda muhandislik-himoya tadbirlari davom etmoqda.

Ayni kunlarda, Qamashi va Chiroqchi tumanlarida Toshqinga qarshi viloyat komissiyasi tomonidan zarur chora-tadbirlar belgilanib,Chiroqchi tumani “Do’stlik diyori” MFY Kanalobod qishlog’i hududidan o’tuvchi sel yo’lida 1200 km oshiq masofada kengaytirish, tozalash va mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu sel yo’llarini mustahkamlash natrijasida hududdagi 161-sonli maktab va 37 aholi yashash xonadonlari va 3 dala ekin maydonlarini sel suvlaridan himoya qiladi.

Shuningdek, Qamashi tumanining “Chim va Uzun” mahallasi hududidan oqib o’tuvchi “Qashqadaryo daryosi”da qirg’oqlarni mustahkamlash va o’zan tozalash bo’yicha Qamashi tumani FVDqT xizmatlari hamkorligida maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi. Tadbir davomida 415 metr kub qum shag’al ishi hamda 400 p/m masofada o’zan tozalash ishlari amalga oshirildi.

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I
AMALIY KO’NIKMALAR HAYOTDA ASQOTADI...

Bugun Qarshi tumani FVB xodimlari tomonidan Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida oylik doirasida ko’rgazmali tarzda o’quv seminari tashkil etildi.

Hozirgi kunda ushbu ta’lim dargohida ko'p sonli o’quvchi talabalar tahsil olib keladi. Soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ushbu targ’ibot tadbirlari davomida yoshlar turli sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda tog’ri harakat qilishlari, yong’in sodir bo’lganda harakatlanish qoidalari xususida bir muncha bilimlarni o’zlashtiradi.

O’tkazilgan tadbir davomida yong’in-qutqaruvchilar tomonidan asbob-anjomlarning ko’rgazmasi ham tashkil etildi, eslatma va bukletlar yordamida chuqurroq bilimlarga ega bo’ldilar. Qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar orqali javoblar olishdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I