QASHQADARYO FVB I Rasmiy
2.05K subscribers
10.5K photos
2.18K videos
3 files
4.6K links
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Murojaat uchun: @qashfvbax
🚨 1050 yoki 101
Download Telegram
Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi, tog‘ qorlarining erishi, tog‘ suv havzalari, muzlagan suv havzalarining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelishi mukin.

Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
AMALIY YORDAM KO'RSATILDI

Kuni kecha, 2-aprel kuni soat 15:30 da viloyatimizda qisqa muddatli yog'ingarchilik kuzatildi, natijada tog'li hududlarda qutqaruv xizmatiga fuqarolar tomonidan aholi yashash xonadonlariga yomg'ir suvlari to'planob qolishi bilan bog'liq murojaatlar kelib tushgan. Unga ko'ra, Dehqonobod tumani "Nodira" MFY hududida joylashgan ochiq turdagi (vaqtinchalik) savdo do'koniga, "Bibiqorosoch" MFY Qum qishlog'idagi 4 ta aholi yashash xonadonlariga hamda "Oydin" MFY hududida yashovchi fuqaro M.A ning yashash uyi yertulasiga yomg'ir suvlari kirgan, ushbu holatlarni bartaraf etish uchun tuman FVB dan 1 ta yong'in-qutqaruv ekipaji, 2 ta motopompa hamda 10 nafar qutqaruvchilar jalb etilib, amaliy yordam ko'rsatilgan.

G'uzor tumani FVB ga kelib tushgan murojaatlarga ko'ra "Xumdon" MFY, "Sangishkom" qishlog'i hududidagi 4 ta yashash xonadonlarining hovlisiga yomg'ir suvlari to'planib qolgan, ushbu yomg'ir suvlarini bartaraf etish uchun tuman FVB dan 1 ta yong'in-qutqaruv ekipaji, 2 ta motopompa va 6 nafar qutqaruvchilar jalb qilingan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu yomg'ir suvlari aholi yashash xonadonlariga toshishi ortidan hech bir bino inshootlarga va fuqarolarga tan jarohati yetmagan.

❗️Eslatib o'tamiz, viloyat qutqaruv xizmatining joylarda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻngʻiroqlarni qabul qilish markazi faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar 101 yoki 1050 raqamlari orqali qutqaruv xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
❗️Shu o‘rinda, aholidan irrigatsiya tarmoqlarining sozligiga va ariqlarni koʻmib yuborilmasligiga e’tibor qaratishni so‘rab qolamiz.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Yakkabogʻ tumanidagi FVDT xizmatlarga kiruvchi barcha korxona-tashkilot kuch-vositalarining shayligi oʻrganildi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining topshiriqlari asosida tuman FVB hamda FVDqTga kiruvchi korxona va tashkilotlar kuch vositalari ishtirokida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘RNATILGAN TARTIBGA AMAL QILAYLIK!

Kuni kecha, Yakkabog‘ tumanida tadbirkorlarga “Daryo uzanlarida belgilangan loyiha parametrlar asosida ish olib borish” mavzusida amaliy va nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat Favqulodda vaziyatlar va Tabiat resurslari boshqarmalari hamda “Xavfsiz daryo” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan uzan tozalash ishlarida asosiy e’tibor shag‘al olish va sel yo‘llarini to‘g‘ri yo‘naltirishda belgilangan balandlik, chuqurlik va boshqa talablar asosida, qolaversa, texnikalar ishlash jarayonida parametrlarining to‘g‘ri olishi xususida ta’kidlandi.
Shuningdek, seminarning amaliy qismida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan uzan tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari jarayonida fuqarolarni ogohlantirsh maqsadidа maxsus belgilarni o‘rnatilishi amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.


Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇

I Telegram I Instagram I Facebook I Youtube I
#xavflikasalliklargaqarshi

Bugun, Qashqadaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida shahar va tumanlar bosh infeksionistlari, Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’lim xodimlari o’rtasida viloyatdagi o’ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan bog’liq vaziyat tahlil qilindi.
Amalga oshirilayotgan ishlar, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

👉Kanalga ulanish uchun👈
#korrupsiya

Dehqonobod tumanida tuman FVB hamda Dehqonobod KO'Z UK OBYoXTTE bo'limi xodimlari o'rtasida seminar o'tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, seminar davomida mas'ul xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida respublikkamizda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, ushbu illatning mamlakatimiz rivoji uchun katta xavf solishi, uni keltirib chiqaruvchi omillarini bartaraf etish hamda hamkorlikda kurash olib borish yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

👉Kanalga ulanish uchun👈