QASHQADARYO FVB I Rasmiy
2.05K subscribers
10.5K photos
2.18K videos
3 files
4.61K links
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Murojaat uchun: @qashfvbax
🚨 1050 yoki 101
Download Telegram
“A’LOCHI XODIM” KO‘RIK-TANLOVINING 1-BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA.
Tanlov, harbiylar va xizmatchilar yo‘nalishlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirish yo‘nalishi bo‘yicha sinovlardan o‘tkaziladi.
Tanlovda harbiylashtirilgan hamda professional yong‘in-qutqaruv qismlarining smena boshliqlari, yo‘riqchi-qutqaruvchi va yong‘in-qutqaruvchilari o‘zaro bahs olib borishadi.
Xususan, kuni kecha Qarshi shahar FVB, Muborakneftgaz va Sho‘rtan NGQChB BYoXTTE bo‘limlarining barcha qutqaruv qismlaridagi harbiylar va xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarda paydo bo‘lgan noqulaylik, nafas olishga yaroqsiz muhitlarda qutqaruvchilarni qidiruv-qutqaruv ishlarida tezkorligi va jangovar shayligini sinovdan o‘tkazish asosiy maqsad etib belgilangan.
Natijalarga ko‘ra, g‘oliblar munosib taqdirlanishdi hamda ko‘rik-tanlovning keyinki bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'zingiz va yaqinlaringizning salomatligi o'z qo'lingizda.


🔗Kanalga ulanish uchun.👈
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qachon tashkil etilgan?
Anonymous Quiz
8%
1991 yil 25 oktabr
2%
1992 yil 14 yanvar
88%
1996 yil 4 mart
2%
2019 yil 10 aprel
OROMGOHLARDA PROFILAKTIKA...
Yozgi oromgohlarda bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga bu yerda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
Shu bois kuni kecha, Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Mirzo Ulug‘bek” yozgi dam olish oromgohida ko‘rgazmali “Fuqaro muhofazasi” kuni tadbirlarini o‘tkazildi.
Unda, muassasaning ko‘p sonli mehnat jamoalari va 500 nafardan ortiq dam oluvchi bolajonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda yoshlar ishtirokida shartli zilzila va zilzila oqibatida ro’y bergan yong‘inda to‘g‘ri harakatlanish, jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va xavfsiz hududga olib chiqish harakatlari amaliy tarzda bajarildi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
SAMIMIY IZHORLAR

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Oybek” MFY raisi Husniddin G‘ofurov ham O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri nomiga minnatdorlik xati yuborgan.

U o‘z xatida tuman tog‘li hududida chorva mollarini boqib, bedarak yo‘qolgan fuqaroni izlash bilan bog‘liq qidiruv-qutqaruv ishlarida jonbozlik ko‘rsatganligi uchun, avvalo, Qashqadaryo viloyati FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibiga, shu bilan birga, bugungi kunda elu yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kecha-yu kunduz fidoyilik bilan xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibiga ulkan minnatdorlik bildirgan.
Albatta, bu kabi samimiy izhorlar bugungi kunda yurtimiz xaloskorlarining matonat va jasorat ko‘rsatib, xalqimiz ishonchini oqlab kelayotganliklari, har lahzada muqaddas burchlariga sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarining yaqqol namunasidir.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Oromgohda profilaktika

Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga u yerda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalari ham muhim vazifa hisoblanadi.

Shu boisdan kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Mirzo Ulug‘bek” bolalar yozgi dam olish oromgohida ko‘rgazmali “Fuqaro muhofazasi” kuni tadbirlari o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram