Forwarded from Qarshi davlat universiteti
⚡️"Gulxan shou"ga viloyat hokimi tashrif buyurdi
Qarshi davlat universiteti talabalar turar joylarida yashaydigan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida gulxan atrofida samimiy davra tashkil etish yaxshi an’ana tusini olgan. Bu galgi "Gulxan shou" tadbiri esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. 1-sonli talabalar turar joyi binosi oldida pozitiv kayfiyat va ko‘tarinki ruhda davom etayotgan "Gulxan shou"siga kutilmaganda viloyat hokimi M.Azimov tashrif buyurdi.
Viloyat rahbari gulxan atrofida talaba-yoshlar bilan suhbatlashdi, yoshlarning orzulari, maqsadlari, intilishlari bilan qiziqdi. Samimiy suhbat talabalar tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlarga ulandi. Viloyat hokimi yoshlar bilan estalik uchun suratga tushdi. Shu kuni M.Azimov yangidan ta’mirlangan talabalar turar joylari, o‘quv binolari, universitet bosh stadionini ko‘zdan kechirdi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar viloyat hokimining iliq e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
👉@qarduuz 👈

⚡️Mehnat yarmarkasi – talabalar bandligini ta’minlashda imkoniyatlar maydoni
Joriy yilning 2-aprel kuni Qarshi davlat universitetida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida davlat tashkilotlari hamda xususiy sektorlar hamkorligida "Talabalarning bandligini ta’minlash mehnat yarmarkasi (karyera kuni)" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda yoshlarga sifatli ta’lim berish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish bilan bir qatorda ish bilan ta’minlash, daromad topishlari uchun sharoit yaratib berish ham eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida topshiriqlarr belgilab berilgan edi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Bandlik va mehnat munosabati vaziri N.Husanov va viloyat hokimi Murotjon Azimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
-Qarshi davlat universiteti birinchilardan bo‘lib, talabalarni ish bilan ta’minlashni boshladi, - dedi viloyat hokimi M.Azimov. - Ushbu yarmarka siz yoshlar uchun ajoyib imkoniyat, oliy ta’limni tugatib ishni nimadan boshlayman, qayerga boraman degan savollaringiz uchun munosib yechim. Bu muhtaram Prezidentimizning yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklarining yorqin ifodasidir.
2021-2022 o‘quv yilida Qarshi davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarini 2522 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Mehnat yarmarkasida viloyatning shahar va tumanlaridan 20 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi.
–Koson tumanidagi 72-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi sifatida ishlash uchun yo‘llanma oldim, – deydi Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Behruz Saidov. – Bundan juda ham xursandman.
– Turizm (faoliyat turlari) mutaxassisligi bo‘yicha 2-kurs magistrantiman, – deydi Ramazon Vayskulov. – O‘zim tahsil olayotgan Qarshi davlat universiteti qoshidagi “Zamon” mintaqaviy tadqiqot markazida mutaxassis sifatida ishlash uchun shartnoma imzoladim. Ishim o‘zimga ma’qul keldi.
Ahamiyatli jihati, yarmarka yakunida 1000 nafarga yaqin talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📸 "Mehnat yarmarkasi-2022"dan fotolavhalar!
🎗Yarmarkada har bir fakultet xususiyatidan kelib chiqqan holda ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.