Python dasturlash maktabi
2.5K subscribers
32 photos
1 file
41 links
@pythonuz kanalida python dasturlash tili Nematillo Ochilov tomonidan bosqichma bosqich bepul o'rgatiladi

@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlarni dasturlash
Download Telegram
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
While sikli

While sikli kodlar blokini cheksiz takrorlash uchun ishlatiladi.
Masalan, biz bir nechta foydalanuvchi yozuvlarini qayta ishlashimiz kerak, shunda foydalanuvchi har safar biror ma'lumotni kiritganida bir xil kod bloki bajariladi.

while True:
kirish = input("Ismingizni yozing: ")
print("Ismi: " + kirish)

Ismingizni yozing: Hamid
Ismi: Hamid
Ismingizni yozing: Zulfiya
Ismi: Zulfiya

@phpuz PHP dasturlash darslari
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
While siklida shart operatorlaridan foydalanish

While siklida shart operatorlaridan foydalanishingiz mumkin.Masalan Tashkent city bo'giga kirish qismidagi kassa uchun dastur tuzaylik.

Tashkent city bo'giga kirish narxlari:
12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m;
Pensionerlarga va 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 5 000 so‘m;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga— bepul;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga 0 raqamni yozamiz.
Manba


while True:
age = int(input("Yoshingizni ko'rsating: "))
if age <= 5:
print('Kirish bepul!')
elif (age > 5 and age <= 12) or age > 60:
print("Kirish uchun 5000 so'm to'lang")
elif age > 12 and age <= 60:
print("Kirish uchun 10000 so'm to'lang")

Yoshingizni ko'rsating: 48
Kirish uchun 10000 so'm to'lang
Yoshingizni ko'rsating: 11
Kirish uchun 5000 so'm to'lang
Yoshingizni ko'rsating: 3
Kirish bepul!

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
While sikli While sikli kodlar blokini cheksiz takrorlash uchun ishlatiladi. Masalan, biz bir nechta foydalanuvchi yozuvlarini qayta ishlashimiz kerak, shunda foydalanuvchi har safar biror ma'lumotni kiritganida bir xil kod bloki bajariladi. while True:…
Siklni tugatish operatori break

While siklni muddatidan oldin tugatish uchun break operatoridan foydalanish mumkin.
Agar biron bir shart bajarilsa siklni shu zahoti to'xtaydi.

Masalan 2 ta raqamni bir-biriga qo'shuvchi dastur tuzaylik:
Python dasturlash maktabi
Photo
Ushbu dastur nechta raqamni natijasini chop qiladi?
Anonymous Quiz
23%
0
31%
3
24%
4
22%
6
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
Siklni davom ettirish operatori continue

While siklida shart bajarilganda siklni davom ettirish uchun continue operatoridan foydalanamiz.Bunda shart bajarilgan kod bloki ishga tushadi, boshqa bloklar bajarilmaydi va sikl yana davom etadi.Masalan harakatlanayotgan avtomobil tezligini aniqlaydigan radar dasturini tuzamiz.

@pyqt_5
Testlar va mavzular sizga yoqqan bo'lsa dasturlashga qiziqadigan tanishlaringizga yuboring
Forwarded from Nematillo Ochilov
1 kunda 10-15 trilion AQSH dollari pul aylanadigan xalqaro valyuta bozorida savdo qiluvchi treyderlar hozirgi vaqtda avtomatik savdo qiluvchi robotlarga muhtoj.

Chunki robotlar insonlardan milion barobar tez va samarali ishlaydi va 1 ta robot 100$ dan 70000000$ gacha sotilmoqda.

Robotlar MQL4 dasturlash tilida yoziladi va MQL4 dasturlash tilini o'rganishdan oldin C++ dasturlash tilida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lishingiz kerak.

Xoxlasangiz robotdan o'zingiz uchun foydalanib kattagina daromad olishingiz mumkin.

Xullas C++ dan xabari bor robot dasturlamoqchi bo'lganlar @MQLUZ kanaliga kiring va yaqin kunlarga savdo qiluvchi robot yasashni o'zbek tilida o'rgataman.

@Nematillo_Ochilov
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
Ⓜ️ For sikli

For sikli berilgan ketma-ketliklar masalan ro'yxatlar yoki satrlar bo'yicha takrorlash uchun ishlatiladi.

Quyidagi kod ro'yxatdagi har bir elementni chiqaradi va oxirida undov belgisini qo'shadi:

words = ["hello", "world", "spam", "eggs"]
for word in words:
print(word + "!")

hello!
world!
spam!
eggs!


Yuqoridagi kodda so'z o'zgaruvchisi siklning har bir takrorlanishida ro'yxatning tegishli elementini aks ettiradi(undov belgisi nazarda tutilyabdi).
1-takrorlash paytida so'z "hello" ga teng, 2-takrorlash paytida esa "world" ga teng bo'ladi va hokazo.


For sikli satrlar ustida takrorlash uchun ishlatilishi mumkin.
string = "Men dasturlashni muntazam o'rganaman"
soni = 0
for i in string:
if (i == 'a'):
soni += 1
print(soni)

7


Yuqoridagi kod hisoblash o'zgaruvchisini belgilaydi, satr ustida takrorlanadi va undagi 'a' harflar sonini hisoblab chiqadi. Har bir takrorlash paytida i o'zgaruvchisi satrning joriy harfini aks ettiradi.
Sanoq o'zgaruvchisi har safar 'a' harfi topilganda qo'shiladi, shuning uchun sikl oxirida u satrdagi 'a' harflari sonini bildiradi.
While sikli singari, break va continue iboralaridan for siklida ham foydalanish mumkin.


Takrorlash soni aniqlanganda for siklidan foydalaniladi.Masalan oziq-ovqat do'koni dasturida:
Quyidagi kodda sikl 4 marta takrorlanadi.

mevalar = ["olma", "anor", "gilos", "o'rik"]
for i in mevalar:
print(i)



Takrorlash soni noaniq bo'lsa while siklidan foydalanish tavsiya etiladi.
Masalan 2 ta raqamni qo'shuvchi dasturida:
var = 0
while True:
raqam = int(input("Son kiriting: "))
if var == 0:
var = raqam
else:
print("Natija:", var + raqam)


Son kiriting: 5
Son kiriting: 3
Natija: 8
Son kiriting:


For va while sikllari bir xil natijalarga erishish uchun ishlatilishi mumkin, ammo for loopi qisqa sintaksisga egali uchun aksariyat hollarda qo'llaniladi.

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
Photo
Toʻgʻri javobni toping?
Anonymous Quiz
21%
-1
52%
0
21%
1
6%
2
Tushunmagan savollaringizni oʻsha postni izohida yozib qoldiring.